toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2024
Hujjat 08.03.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeyini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, masʼul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda koʻrib chiqish va yaxshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda:
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovadagi tarkibga muvofiq tuzilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — moliya vaziri oʻrinbosari) lavozimi kiritilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni qoʻshimcha 10 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) tashkil etilsin va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi taʼminlansin.
2. Belgilab quyilsinki:
a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish doirasida:
har oyda kamida bir marotaba yigʻiladi;
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradi va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va toʻliq bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek ularning oylik hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) moliya vaziri oʻrinbosari:
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarning muvofiqlashtirilgan oʻzaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida, shu jumladan Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beradi;
v) Boshqarma Komissiya ishchi organi boʻlib, mutasaddi vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etadi va zarur maʼlumotlarni umumlashtiradi, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;
xalqaro reyting va indekslarni eʼlon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar koʻlami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirokini, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shuʼbasi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi;
g) xalqaro reyting va indekslarning maʼlumot bazalaridan foydalanish, zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha xalqaro reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari:
tegishli xalqaro reyting va indekslar boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda shaxsan masʼul etib belgilansin;
ikki hafta muddatda joriy yilning 1-sentabriga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Komissiyaning ishchi organiga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-mart,
PF-5687-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-son Farmoniga
1-ILOVA
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya
tarkibi

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, komissiya raisi

M.P. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

E.T. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari

A.M. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari

B.A. Begalov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

N.Sh. Sharipov

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

M.Sh. Istamov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

N.S. Joʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

O.R. Isakov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshligʻi — vazir maslahatchisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son “2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni 3-ilovasining rus tilidagi matnida:
a) quyidagi mazmundagi 41 va 42-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

41.

Voice and Accountability Index

Indeks golosa i otvetstvennosti

Indikatori gosudarstvennogo upravleniya Vsemirnogo banka

2,46

Kabinet Ministrov

Agentstvo informatsii
i massovix kommunikatsiy, Minyust,
NSPCh, TPP

76,0

42.

Control of Corruption

Borba s korrupsiyey

Indikatori gosudarstvennogo upravleniya Vsemirnogo banka

8,65

Genprokuratura

Minyust, SGB, MVD

77,0

;

b) 38-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

38.

Intensity of local competition

Intensivnost mestnoy konkurensii

Dannie Vsemirnogo
ekonomicheskogo foruma

-

Antimonopolniy komitet

Minekonomprom, TPP

75,0

.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining 3-ilovasida:
a) 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

Global raqobatbardoshlik indeksi

Moliya vazirligi
(J. Qoʻchqorov)

;

b) 3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3.

“Doing business” indeksi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev)

”;

v) 4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) kredit reytingi

Moliya vazirligi
(J. Qoʻchqorov)

”;

g) quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

16.

Davlat siyosati va institutsional baholash indeksi

Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati
(E. Ganiyev)

.

Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-ilovasining rus tilidagi matni quyidagi bloklar bilan toʻldirilsin:
”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 6-bandning birinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
d) 9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 7-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning rus tilidagi matni “Otvetstvennoye ministerstvo, vedomstvo” ustunidagi “NAPU” degan soʻz “Minekonomprom” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son; 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son; 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)