O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 10-iyundagi 2004-13-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1384, 2004-yil 16-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 28-son, 325-modda) bilan tasdiqlangan Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi
o‘n birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.