1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada qisqartirish, qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishni ragʻbatlantirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
1. Qurilish materiallari sanoati korxonalari, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi) tashkil etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
“Oʻzqurilishmateriallari” AJning boshqaruv organlari yigʻilishlarida uning xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitallaridagi aksiyalari (ulushlari) paketlarini 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish orqali jamiyatni tugatish masalalarini koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
a) qurilish materiallari sanoatining ixtiyoriy asosda kiruvchi korxonalari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining aʼzolari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.02 Mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar oʻtkazish huquqi]
b) “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi uyushma taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi;
v) “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi taqdimnomasi boʻyicha uyushma taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi;
g) “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasini joriy taʼminlash va uning faoliyatini moliyalashtirish uyushma aʼzolarining badallari va ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
d) quyidagilar “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi aʼzolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni taʼminlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha ularga takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
yuqori qoʻshilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qoʻshma ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qilish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import oʻrnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan toʻldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi aʼzolari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
hududlarning salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar hamda bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda korxonalarni joylashtirishga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvarga qadar korxonalarning shartnomalar boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga toʻlanadigan ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
4. 2019-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq noruda foydali qazilmalar mavjud boʻlgan yer qaʼri uchastkasidan geologik oʻrganish uchun foydalanish huquqini beruvchi litsenziya ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan oshmagan muddatda beriladi.
5. Sanoat koʻlamida oʻzlashtirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan noruda foydali qazilmalar konlari (uchastkalari)ning roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan birgalikda salohiyatli, shu jumladan xorijiy investorlarni mazkur qarorning 5-bandi bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan noruda foydali qazilmalar konlari (uchastkalari)ni oʻzlashtirishga jalb qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
7. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda Qurilish materiallari sanoatidagi investitsiya loyihalari roʻyxati ishlab chiqilganligi va unda quyidagilar nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
2019 — 2021-yillarda umumiy qiymati 1,3 mlrd AQSH dollari, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga 692 mln AQSH dollari miqdorida amaldagi korxonalarni texnik va texnologik yangilash hamda yangi korxonalar barpo etish boʻyicha 67 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
2021-yilga sement ishlab chiqarish quvvatlari hajmlarini 17 mln tonnaga, arxitektura-qurilish oynasini — 32 mln kvadrat metrga, yogʻoch-qipiq plitasi (DSP)ni — 380 ming kub metrga, gaz-beton bloklarini — 700 ming kub metrga, gulqogʻozlarni — 4,5 mln rulonga, koʻp qavatli uylar qurilishi uchun yirik panelli temir-beton buyumlarini — 180 ming kvadrat metrga yetkazgan holda qurilish materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-aprelga qadar ushbu bandda belgilangan Qurilish materiallari sanoatidagi investitsiya loyihalari roʻyxatini, shuningdek, ularni amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini (“yoʻl xaritasi”ni) tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda ichki va tashqi bozorlarda qurilish materiallariga boʻlgan talab konyunkturasini, shuningdek, chet el bozorlarining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish asosida yangi mahsulot turlarini oʻzlashtirish, ichki bozorni mahalliy qurilish materiallari bilan toʻldirish va ularning eksport geografiyasini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va joriy qilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ va qurilish materiallari sanoati korxonalarining “QurilishmateriallariLITI” MCHJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi etib qayta nomlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnologik rivojlanish agentligi, “Oʻzstandart” agentligi hamda qurilish sanoatining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajriba va respublikaning xom ashyo salohiyatini inobatga olgan holda yangi qurilish materiallari va ulardan foydalanish texnologiyalari ishlanmalarini tashkillashtirish;
qurilish materiallarining yangi standartlarini faollashtirish va ishlab chiqish, shuningdek, qurilish tarmogʻida foydalaniladigan qoidalar toʻplamini ishlab chiqishda qatnashish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
ishlab chiqariladigan qurilish materiallari va buyumlarning barcha turlarini sertifikatlashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda qurilish materiallari sanoatining talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislarga taʼlim berish yuzasidan oʻquv rejalari va innovatsion oʻquv kurslarini ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy oʻquv-metodik adabiyotlar va qoʻllanmalarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish, mutaxassislarning stajirovkasini, shu jumladan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkasini oʻtkazishni tashkillashtirish;
ishlab chiqarishga moʻljallangan mashinalar, asbob-uskunalar va texnik tizimlar, sanoat obyektlari, shuningdek, energetika va muhandislik infratuzilmasi obyektlarining texnik auditi, energiya auditi, diagnostikasi va ekspertizasini oʻtkazish.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
2018-yil yakuniga koʻra “Oʻzqurilishmateriallari” AJning sof foydasini uning 20 foizini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga dividendlarni toʻlashga yoʻnaltirgan holda taqsimlanishini;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
tugatilayotgan “Oʻzqurilishmateriallari” AJning asosiy vositalari, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ajratmalari boʻyicha yuzaga kelgan debitor qarzdorlik, jamiyatning “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ hamda “Togʻ geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ ustav kapitallaridagi ulushlari, shuningdek, aksiyadorlarga berilishi kerak boʻlgan hamda tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin qoladigan jamiyatning pul mablagʻlarini “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga begʻaraz oʻtkazishni;
“UKM Trans avto” MCHJni keyinchalik uning avtotransport vositalarini begʻaraz “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga topshirgan holda tugatishni taʼminlasin.
11. Quyidagilarga:
iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayevga — investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqovga — qurilish materiallari sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, tarmoqqa investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, eksportga moʻljallangan mahsulot chiqarishni kengaytirish maqsadida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joriy etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori N.S. Joʻrayevga — xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi, shu jumladan ushbu qarorga muvofiq “Oʻzqurilishmateriallari” AJdan qabul qilinadigan davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini samarali boshqarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur koʻchasi, 68-A uy manzili boʻyicha bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-fevral,
PQ-4198-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qaroriga 1-ILOVA
Tarkibida “Oʻzqurilishmateriallari” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladigan aksiyalar (ulushlar) paketlari mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari
* Ulush miqdori oʻzgargan taqdirda, ulushni oʻtkazish oʻzgarishlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-oktabrdagi “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2641-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 07/19/4198/2640-son; 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 07/22/139/0159-son; 02.12.2025-y., 07/25/365/1120-son)