1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “Oʼzmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Davlat tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, davlat zaxirasining dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “Oʼzmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qarorining 1 ― 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi cogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
141-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2019-y., 09/19/141/2634-son)