Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Respublika miqyosida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasidagi xarid tartib-taomillarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning maksimal ishtirokini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3384-son qarori
9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3981-son qarori
4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022-yil 1-yanvarga qadar ushbu qaror doirasida “Oʻzbekenergo” AJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno), shuningdek, mazkur elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin”.