1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni taʼminlashga qaratilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;
nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv jarayonini taʼlim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;
taʼlim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;
taʼlim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va oʻzaro hamkorlik qilish koʻnikmalarini takomillashtirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini uslubiy va konsultativ taʼminlash;
yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan oʻzaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish.
3. Belgilab quyilsinki:
Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy boʻlinmasi — yuridik shaxs maqomiga ega oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhri va blanklariga, mustaqil balansiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobraqamlarga ega boʻladi;
Filialga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Filial direktori mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosariga, direktor oʻrinbosarlari esa — Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tuzilmasi 1-ilovaga;
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filialining samarali faoliyatini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Filial direktoriga Toshkent davlat yuridik universiteti rektori va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Filial tuzilmasiga xodimlarning belgilangan shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Filialda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” soha mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Filialda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” mutaxassisligi boʻyicha oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni qayta tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida maxsus olti oylik dastur boʻyicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Filialda oʻqitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi boʻyicha esa — har olti oyda 50 kishini tashkil etadi;
Adliya vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning buyurtmalariga muvofiq hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib, Filialga qabul kvotalarini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqi beriladi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasiga budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan alohida shaxslarni yuridik kadrlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha belgilangan kvotalar (davlat grantlari)dan tashqari Filialda oʻqitish uchun toʻlovni amalga oshirish huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni oʻtmasdan, “leytenant” maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos boʻladi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
bakalavriat dasturi boʻyicha Filialga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.02.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolarining huquq va erkinliklari]
Filialga qayta tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqishga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qoʻmondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan amaldagi xodimlar va harbiy xizmatchilar belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va pul taʼminoti saqlab qolingan holda qabul qilinadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilariga oʻrnatilgan qabul kvotalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan alohida kvotalar boʻyicha Filialga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini taqdim etadigan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining tavsiyalari berilishi mumkin;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Filialda oʻqishni tamomlagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar;
Filial sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar mutaxassislari va boshqa mutaxassislarni oʻrindoshlik tartibida yoki mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqiga ega;
Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini tartibga soluvchi normalar, agar qonunchilik yoki universitet qarorlari bilan boshqa qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, Filial faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
7. Filialning Vasiylik kengashi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Belgilansinki, Vasiylik kengashi Filialning har tomonlama rivojlanishiga koʻmaklashadi, jumladan:
manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Filialning moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Filialning pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlari va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha choralarni koʻradi;
oliy yuridik taʼlimning rivojlanishiga koʻmaklashuvchi yangi shakl, dastur va istiqbolli tashabbuslarni, ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotiga samarali joriy etishda qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi;
oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida sheriklik kelishuvlari tuzilishi va ularni roʻyobga chiqarishda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
8. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Filialda taʼlim olish uchun toʻlangan mablagʻlar;
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
xalqaro moliya instituti grantlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Filial taʼminoti uchun budjet mablagʻlari 2019-yilda Adliya vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan koʻrsatkichlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida nazarda tutiladi;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlaridan ishga qabul qilingan Filial xodimlariga oldingi ish joyidagi barcha ustama va qoʻshimcha toʻlovlar, tibbiy xizmat koʻrsatishning imtiyoz va shartlari ularni tegishli organning amaldagi kadrlar zaxirasiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazgan holda saqlab qolinadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Filialning xodimlariga Toshkent davlat yuridik universitetining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash miqdorlari tatbiq etiladi;
Filial xodimlariga martaba darajalari va uzoq yillik xizmati uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash boʻyicha xarajatlarni budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalari qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
oʻz xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajargan Filial xodimlariga direktor buyrugʻi asosida Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda tarif stavkasining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin;
Filial xodimlariga tarif stavkasining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalarni toʻlash uchun mablagʻlar Vasiylik kengashi qaroriga asosan Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan ajratiladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Filialni begʻaraz foydalanish huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Quloqtepa koʻchasi, 9-uyda joylashgan bino va inshootlarida joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar hududlarning yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Toshkent davlat yuridik universitetining hududiy filiallarini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Milliy gvardiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jizzax politexnika instituti negizida mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlarini qayta tayyorlash sayyor kurslarini tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Toshkent shahar hokimiyati koʻmagida ikki oy muddatda chet el oʻquv markazlari va taʼlim muassasalariga tanishuv safarlarini tashkil etishni nazarda tutgan holda poytaxt hududining huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribaning oʻrganilishini taʼminlasin;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
12. Toshkent shahar hokimi belgilangan tartibda Filial bino va inshootlarining zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinishini hamda yuklatilgan vazifalarning oʻziga xos jihatlari va taʼlim oluvchilarning yashashini inobatga olgan holda uning ishini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan mebel, oʻquv-laboratoriya va kriminalistik uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
13. Filialga ikkita yengil, shu jumladan bitta shaxsan biriktirilgan avtotransport vositasi taʼminoti uchun limit belgilansin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-fevral,
PQ-4166-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali
TUZILMASI
Filial (dekanat, kafedralar va boshqalar) xodimlarining umumiy cheklangan soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filialining samarali faoliyatini tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddatlari
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul
ijrochilar
I. Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial) faoliyatini tashkil etish
1.
Filialning ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-martga qadar
—
Adliya vazirligi (Davletov), TDYU (Kanyazov)
2.
Filialning shtat jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-martga qadar
—
Moliya vazirligi (Xaydarov),
Adliya vazirligi (Kanyazov)
3.
Filialni malakali kadrlar bilan toʻldirish.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-avgustga qadar
—
Adliya vazirligi (Kanyazov), Bosh prokuratura (Tadjiyev), IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)
4.
Filial Kengashi tarkibini tasdiqlash, uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Milliy gvardiyasi vakillarini kiritish.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-sentabrga qadar
—
Adliya vazirligi (Kanyazov), IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)
5.
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalarida xizmat oʻtashning oʻziga xos jihatlarini inobatga olib, Filialga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilovchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2019-yil 30-aprelga qadar
—
Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yuldashev), IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)
6.
Filialning ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
TDYU Kengashi qarori
2019-yil 1-iyunga qadar
—
Adliya vazirligi (Kanyazov),
IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)
II. Filialning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash
7.
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Quloqtepa koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarning rekonstruksiya qilinishini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2019-yil 1-iyulga qadar
Toshkent shahar hokimligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylarning mablagʻlari
Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Adliya vazirligi (Kanyazov),
Moliya vazirligi (Xaydarov)
8.
Oʻquv muassasasining ixtisosligi va taʼlim oluvchilarning yashashi uchun sharoit yaratish zaruriyatini inobatga olgan holda moddiy-texnik jihozlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2019-yil 1-avgustga qadar
Toshkent shahar hokimligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylarning mablagʻlari
Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Adliya vazirligi (Kanyazov),
Moliya vazirligi (Xaydarov)
9.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda ulanishni tashkillashtirish.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-avgustga qadar
Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (Abdiazizov), Moliya vazirligi (Xaydarov),
TDYU (Kanyazov)
10.
Filialning imitatsiya zalini vaziyatli mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan oʻqitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.
Tashkiliy tadbirlar
alohida jadvalga muvofiq
Adliya vazirligi va IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari
Adliya vazirligi (Kanyazov),
Moliya vazirligi (Xaydarov), IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov),
Bosh prokuratura (Yuldashev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)
11.
Filialning rasmiy Internet sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-avgustga qadar
TDYUning budjetdan tashqari mablagʻlari
TDYU (Kanyazov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)
12.
Filialning ichki lokal tarmogʻini yaratish, Internet tarmogʻiga ulanish tezligi kamida 100 Mb/s boʻlgan mustahkam aloqani taʼminlovchi provayderlar bilan shartnoma tuzish, server va kompyuterlar uchun antivirus dasturiy taʼminotini oʻrnatish.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-avgustga qadar
TDYUning budjetdan tashqari mablagʻlari
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
Adliya vazirligi (Kanyazov),
Moliya vazirligi (Xaydarov)
III. Filialning oʻquv-metodik faoliyatini tashkil etish
13.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlashning oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda Filialning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
TDYU Kengashi qarori
2019-yil 30-aprelga qadar
—
TDYU (Kanyazov),
IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)
14.
Filialda taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat
2019-yil 1-avgustga qadar
—
Adliya vazirligi (Davletov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
TDYU (Kanyazov)
15.
Filial faoliyatiga zamonaviy innovatsion, shu jumladan oʻqitishda imitatsion modellashtirishning (dalillarni joyida koʻzdan kechirish va boshqa zarur tergovoldi chora-tadbirlari) qoʻllanishini nazarda tutuvchi taʼlim tizimini tatbiq etish.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-avgustga qadar
—
Adliya vazirligi (Davletov),
TDYU (Kanyazov)
16.
Filialning Axborot-resurs markazini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan toʻldirish, shu jumladan mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni taʼminlash.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 1-avgustga qadar
Adliya vazirligi va IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari
Adliya vazirligi (Davletov),
TDYU (Kanyazov), IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (Abdiazizov)
17.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” ixtisosligi boʻyicha yuristlarni tayyorlash kurslarida taʼlim oluvchilarning kasbiy stajirovka oʻtashlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat
2019-yil 1-avgustga qadar
—
Adliya vazirligi (Davletov),
IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov),
TDYU (Kanyazov)
18.
Oʻquv muassasasi ixtisosligini inobatga olgan holda fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlarini tayyorlash.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil 31-dekabrga qadar
—
Adliya vazirligi (Kanyazov),
IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov),
Bosh prokuratura (Yuldashev)
19.
Filial tomonidan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimining tegishli xodimlarini ularning boshliqlari tavsiyasiga koʻra dars mashgʻulotlariga TDYU, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Milliy gvardiya Harbiy-texnika instituti, Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va boshqa tegishli oliy taʼlim muassasalari xodimlarini jalb etgan holda, xizmat safariga kelgan xodimlarga turar joy taqdim etish va boshqarma mablagʻlari hisobiga oziq-ovqat bilan taʼminlashni nazarda tutadigan “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” ixtisosligi boʻyicha oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni qayta tayyorlashning bir martalik sayyor kurslarida oʻqitish.
Tashkiliy tadbirlar
2019-yil aprel — sentabr
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari
Adliya vazirligi (Kanyazov),
Bosh prokuratura (Yuldashev), IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)
IV. Filialning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini tashkil etish
20.
Taʼlim oluvchilarning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
TDYU Kengashi qarori
2019-yil 1-iyulga qadar
—
TDYU (Kanyazov), IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov)
21.
Taʼlim oluvchilarda maʼnaviy-axloqiy xulq-atvor meʼyorlarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
Tadbirlar dasturi
2019-yil 1-sentabrga qadar
—
Adliya vazirligi (Kanyazov),
IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Tashmatov), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev)
Izoh: tegishli huquqiy munosabatlarning tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar turi oʻzgartirilishi, shuningdek yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
B.X. Tashmatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
E.A. Tadjiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari
R.Q. Davletov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
K.F. Kamilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
A.A. Azizov
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri
I.U. Madjidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
E.S. Kanyazov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori
lavozimiga koʻra
—
Ixtisoslashtirilgan filial direktori
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.