1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan, oʻquvchilarning ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taom turlarini xilma-xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ovqatlanish tizimini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi soʻrovi boʻyicha oziq-ovqatlarning amaldagi oʻrtacha bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini;
oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha bevosita fermer xoʻjaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlaridan va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorsyerlarga har tomonlama yordam berilishini taʼminlasinlar.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyundagi 459-son qarorining 1-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi sobiq Harbiylashtirilgan maxsus maktab-internatning amaldagi 6 — 9-sinf oʻquvchilari ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilari uchun belgilangan huquq va imtiyozlar asosida oʻqishni davom ettiradilar”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-fevral,
107-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-fevraldagi 107-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ovqatlanish tizimini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) oʻquvchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
autsorsing — buyurtmachining oʻquvchilarini ovqatlantirish vazifasini shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish;
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
3. Maktab-internat oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda Ichki ishlar vazirligi deb ataladi) tomonidan Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan normalar asosida ovqat bilan taʼminlanadi.
4. Maktab-internat oʻquvchilarini ovqatlantirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
statsionar va dala sharoitida oziq-ovqat taʼminoti;
quruq mahsulotlar taʼminoti.
5. Autsorsing xizmati buyurtmachining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Autsorser xodimlarining buyurtmachiga tegishli hududga belgilangan tartibda oldindan taqdim etilgan roʻyxat asosida kirishiga ruxsat beriladi.
7. Autsorsing xizmati koʻrsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya etish buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi.
2-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish
8. Autsorser qonun hujjatlariga muvofiq tanlanadi. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
yuridik shaxs boʻlishi;
umumiy ovqatlanish sohasida kamida uch yil faoliyat koʻrsatgan boʻlishi;
autsorsing xizmati boʻyicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarga ega boʻlishi;
moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi;
statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati koʻrsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasiga ega boʻlishi;
shtatida yetarli ish tajribasiga va koʻnikmaga ega xodimlar boʻlishi.
10. Autsorsing xizmati koʻrsatish boʻyicha shartnoma buyurtmachi va autsorser oʻrtasida kalendar yil uchun yozma shaklda uch nusxada tuziladi.
Shartnomada maktab-internat oʻquvchilarining soni, bir nafar ovqatlanuvchi uchun tasdiqlangan normalardagi kunlik oziq-ovqat qiymati, kalendar kuni va jami yillik summa aks ettiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻzgarganda yoki boshqa asosli holatlarda shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
11. Buyurtmachi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan oziq-ovqatlarning amaldagi oʻrtacha bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi.
12. Bir nafar ovqatlanuvchi uchun kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha narxi oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlaridan kelib chiqqan holda buyurtmachi tomonidan aniqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
13. Autsorsing xizmatiga haq toʻlash shartnoma imzolanadigan oyda maktab-internat oʻquvchilari uchun kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha narxi va autsorserning xarajatlari (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari, asbob-uskunalarni taʼmirlash, ulardan foydalanish va boshqalarni) hamda ularga nisbatan 20 foizgacha ustama hisobga olingan holda buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
14. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob esa — keyingi oyning 5 sanasiga qadar amalga oshiriladi.
15. Maktab-internat oʻquvchilarini ovqatlantirish boʻyicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik norma summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi:
nonushta uchun — 20 %;
ikkinchi nonushta uchun — 20 %;
tushlik uchun — 40 %;
kechki ovqatlanish uchun — 20 %.
3-bob. Autsorserga qoʻyiladigan talablar
16. Autsorsing xizmatlari asosida ovqat bilan taʼminlash qonun hujjatlarida belgilangan xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
17. Autsorser tomonidan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi shart.
18. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik autsorserga yuklanadi.
19. Autsorser xodimlari:
sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishi, ularni toʻgʻri saqlashi va belgilangan normalar asosida sarflashi;
belgilangan normalar asosida taom tayyorlash texnologiyasiga qatʼiy amal qilishi, ortiqcha isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasligi;
oziq-ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish jarayonida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi;
oshpazlik sohasida zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi hamda oʻz malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarur.
Autsorser xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtishi va tibbiy daftarchaga ega boʻlishi shart.
Mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilmagan shaxslarning autsorser tomonidan xizmat koʻrsatishga jalb etilishi taqiqlanadi.
4-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari
20. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish;
ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
maktab-internat oʻquvchilarining soni va ovqatlanish jadvalini belgilangan tartibda olish;
olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini talab qilish;
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish.
Autsorser qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Autsorser:
maktab-internat oʻquvchilarining oziq-ovqat taʼminotini uzluksiz, shu jumladan, zarurat boʻlganda, dam olish va bayram kunlari hamda dala sharoitida amalga oshirishi;
oziq-ovqat mahsulotlarining yangi va sifatli boʻlishini taʼminlashi;
sogʻliq uchun zararli va yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanmasligi va taomlarni tarqatmasligi;
dala sharoitida koʻchma oshxona faoliyatini toʻliq tashkil etgan holda, maktab-internat oʻquvchilarining oziq-ovqat taʼminotini amalga oshirishi;
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi, shuningdek, mulkni saqlash xarajatlarini qoplashi;
autsorsing xizmatini koʻrsatishda xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishini taʼminlashi;
maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi lozim.
Autsorserga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
22. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
autsorserdan shartnoma shartlarini bajarish bilan bogʻliq jarayonda qatnashuvchi shaxslar (oshxona xodimlari) roʻyxatini olish;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
ovqatlanish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish;
autsorserning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmagan holda shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
Buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
23. Buyurtmachi:
autsorserga maktab-internat oʻquvchilarining sonini va ularning ovqatlanish jadvalini oʻz vaqtida taqdim etishi;
shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.
Buyurtmachi zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
24. Autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan oshxona binosiga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
yetarli oʻringa ega boʻlgan, texnologik jihozlar bilan taʼminlangan, texnik holati belgilangan normalarga mos boʻlgan ovqatlanish binosining mavjudligi;
mahsulotlarni saqlash uchun omborlarning mavjudligi;
taom tayyorlash uskunalari, oshxona mebellari va ovqatlanish uchun zarur boʻlgan boshqa jihozlarning mavjudligi.
5-bob. Autsorser tomonidan buyurtmachining mol-mulki va moddiy-texnik vositalaridan foydalanish
25. Oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari ijara shartnomasi asosida hamda tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtirilgan holda, “nol stavka” boʻyicha autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladi.
Dalolatnoma buyurtmachining komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanadi.
26. Autsorserga koʻrsatilgan kommunal xizmatlar qiymati buyurtmachiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanadi.
6-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish
27. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
28. Komissiya:
autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan maktab-internat oʻquvchilari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazadi;
monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi;
oshxona va omborlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya qilishning buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻradi;
tayyor oziq-ovqatning belgilangan kunlik normalarga mos boʻlishini hamda sifatini oʻrganadi, zarur holatlarda chetdan mutaxassislar jalb etadi.
Komissiya buyurtmachi tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
29. Komissiya tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari alohida yuritiladigan jurnalda qayd etib boriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorserning tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilishiga asos boʻladi.
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ovqatlanish tizimini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Qonun hujjatlariga muvofiq autsorserni tanlaydi.
Har yili dekabr oyida
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati va autsorser
Kalendar yil uchun autsorsing xizmati koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzadi.
Har yili 1-yanvarga qadar
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati
1. Toshkent shahri hokimligidan oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi oʻrtacha bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi.
2. Oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlaridan kelib chiqqan holda bir nafar ovqatlanuvchi uchun kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha narxini aniqlaydi.
3. Autsorsing xizmatiga toʻlanadigan narxni belgilaydi.
Har oyning 30-sanasiga qadar
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlashni amalga oshiradi:
15 foiz miqdorida;
85 fo�z miqdorda haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib;