Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitob tizimini yanada takomillashtirish hamda isteʼmolchilarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoni 8-bandining
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari, isteʼmolchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida, ular tomonidan xabardor qilish tartibi orqali tegishli murojaat taqdim etilgan taqdirda esa — 50 foizlik oldindan haq toʻlash asosida amalga oshiriladi. Bunda, oldindan haq toʻlanmagan, shuningdek, 50 foizlik oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qiluvchi isteʼmolchilar tomonidan oyning oxirigacha yakuniy hisob-kitob amalga oshirilmagan hollarda mazkur isteʼmolchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzishgacha boʻlgan choralar koʻriladi;”.
2. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.