toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Budjet tashkilotlari tomonidan xodimlarning mehnat intizomini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinchi qismi 2-bandiga muvofiq qoʻllanilgan jarimalar budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbai boʻlib hisoblanmaydi hamda jarimalar summasi tegishli budjet daromadiga oʻtkaziladi. Bu ish haqi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan budjetdan mablagʻ oluvchilarga ham tatbiq etiladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-fevral,
79-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/79/2560-son)