1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.22.00 (Кучини йукотган) Hakamlik sudlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Mediatorlarni tayyorlash dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-yanvar,
54-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Mazkur Dastur Oʻzbekiston Respublikasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi fuqarolik huquqiy munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabatlari, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash uchun mediatorlarni tayyorlash, ularda muzokaralar olib borish texnologiyasi, stress holati va kelishmovchiliklarni boshqarish, mediatsiya tartib-taomili haqida tayanch bilimlar berish, nizolarni hal qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdir.
1. Mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kurslari professional mediatorlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Mediatsiya markazi, professional mediatorlar, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.
3. Maxsus oʻquv kurslarida oʻqish uchun fuqarolar Markazlarga ariza bilan bevosita oʻzlari kelgan holda yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.
(1 ― 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
4. Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga ushbu Dasturning ilovasida belgilangan namuna va tavsifga muvofiq sertifikat beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
5. Maxsus oʻquv kurslaridagi oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, koʻpi bilan 15 nafargacha tinglovchilardan shakllantirilgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
7. Mediatorlarni tayyorlash dasturi quyidagi mavzularni qamrab olishi kerak:
mediatsiyaning mohiyati va prinsiplari hamda huquqiy asoslari;
mediatorning kasbiy koʻnikmalari, etikasi va javobgarligi;
muzokaralar mediatsiyaning asosi sifatida;
mediatsiya bosqichlari va unda mediatorning roli va funksiyalari;
mediatsiyada taraflar vakillarining ishtiroki va ularning maqomi;
mediatsiya jarayoni;
mediatsiya jarayonining natijasi va u bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish;
oilaviy, mehnat, iqtisodiy va boshqa munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya orqali hal etishning oʻziga xos xususiyatlari.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
9. Oʻqish jarayonida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, amaliy mashgʻulot va trening shaklida tashkil etiladi.
Oʻquv mashgʻulotlari tinglovchilarda mediatsiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etish koʻnikmasini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Oʻqish jarayonida klinik taʼlim, nizoli jarayonlarning imitatsiyasi hamda sayyor mashgʻulotlar qoʻllanilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
10. Oʻquv jarayonida dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari — muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash (“aqliy hujum” interfaol uslubini qoʻllagan holda va h.k.), huquq normalarini sharhlash, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish koʻnikmalarini rivojlantirish mashqlari va boshqalar qoʻllaniladi.
11. Tinglovchilar oʻqish davrida elektron shakldagi oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlanadi.
12. Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda maxsus oʻquv kurslari masofadan oʻqitish usullari qoʻllanilgan holda tashkil etilishi mumkin.
13. Tinglovchilar quyidagi holatlarda maxsus oʻquv kursidan chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga koʻra;
vafoti munosabati bilan;
dars mashgʻulotlarini sababsiz 10 akademik soatdan ortiq qoldirganda;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
Markazlar ichki tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzganda.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
Tinglovchilar dars mashgʻulotlarini sababsiz qoldirganligi, oʻquv dasturidagi mavzularni oʻzlashtirmaganligi yoki Markazlarning ichki tartib-qoidalarini buzganligi sababli tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, mazkur tinglovchi uchun amalga oshirilgan toʻlov miqdori qaytarilmaydi.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
15. Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilarini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun Markazlarda uch nafardan iborat tarkibdagi komissiya shakllantiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)
Mediatorlarni tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi namunaviy sertifikatning tavsifi
Sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida bosib chiqariladi.
Sertifikatda lotin yozuvi bilan davlat tilida “Mediatorlarni tayyorlash maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgrisidagi SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi ― MT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli ― ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134-1, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)