toggle_night_mode
Hujjat 01.02.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Mediatorlarni tayyorlash dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-yanvar,
54-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Mediatorlarni tayyorlash dasturi
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Dastur Oʻzbekiston Respublikasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi fuqarolik huquqiy munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabatlari, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash uchun mediatorlarni tayyorlash, ularda muzokaralar olib borish texnologiyasi, stress holati va kelishmovchiliklarni boshqarish, mediatsiya tartib-taomili haqida tayanch bilimlar berish, nizolarni hal qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdir.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.
2. Maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish kunduzgi shaklda shartnoma asosida bir oydan kam boʻlmagan muddat davomida amalga oshiriladi.
3. Maxsus oʻquv kurslari oʻqish uchun fuqarolar ariza bilan Markazga murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga ushbu Dasturning ilovasida belgilangan shaklga muvofiq sertifikat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish
5. Maxsus oʻquv kurslaridagi oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 15 nafar tinglovchi shakllangan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mediatorlarni tayyorlash dasturi “Mediatsiya. Tayanch kursi” va “Mediatsiyani qoʻllash xususiyatlari” oʻquv dasturlaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Mediatsiya. Tayanch kursi” oʻquv dasturi quyidagi modullar asosida tashkil etiladi.

T/r

Oʻquv modullari

1.

Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar. Qonun hujjatlarini amaliyotda qoʻllash masalalari.

2.

Mediatsiya ishini tashkil etishning huquqiy asoslari. Mediatorlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va usullari.

3.

Xalqaro-huquqiy standartlar va inson huquqlari.

4.

Mediator kasb etikasi va psixologiya.

“Mediatsiya. Mediatsiyani qoʻllash xususiyatlari” oʻquv dasturi quyidagi modullar asosida tashkil etiladi.

T/r

Oʻquv modullari

1.

Fuqarolik huquqiy munosabatlarda mediatsiya.

2.

Yakka mehnat huquqiy munosabatlarda mediatsiya.

3.

Oilaviy huquqiy munosabatlarda mediatsiya.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tinglovchilar “Mediatsiya. Tayanch kursi” oʻquv dasturini toʻliq hamda tanlov asosida “Mediatsiya. Mediatsiyani qoʻllash xususiyatlari” oʻquv dasturi boʻyicha uchta moduldan kamida bittasini oʻzlashtirishlari shart.
Bunda mediatorlarni tayyorlash maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatda tinglovchilarning “Mediatsiya. Mediatsiyani qoʻllash xususiyatlari” oʻquv dasturi boʻyicha oʻzlashtirgan moduli hamda ixtisosligi aks etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻquv jarayonida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar va amaliy mashgʻulot shaklida tashkil etiladi.
Amaliy mashgʻulotlar tinglovchilarda muammoli vaziyatlarda qonun hujjatlari bilan ishlash malakasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Oʻquv jarayonida klinik taʼlim, nizoli jarayonlarning imitatsiyasi, sayyor mashgʻulotlar hamda mustaqil taʼlim qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻquv jarayonida dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari — muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash (“aqliy hujum” interfaol uslubini qoʻllagan holda va h.k.), huquq normalarini sharhlash, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish koʻnikmalarini rivojlantirish mashqlari va boshqalar qoʻllaniladi.
11. Tinglovchilar oʻqish davrida elektron shakldagi oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlanadi.
12. Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda maxsus oʻquv kurslari masofadan oʻqitish usullari qoʻllanilgan holda tashkil etilishi mumkin.
13. Tinglovchilar quyidagi holatlarda maxsus oʻquv kursidan chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga koʻra;
vafoti munosabati bilan;
dars mashgʻulotlarini sababsiz 10 akademik soatdan ortiq qoldirganda;
oʻquv rejasidagi modullarni oʻzlashtirmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz ichki tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Tinglovchilar dars mashgʻulotlarini sababsiz qoldirganligi, oʻquv dasturidagi modullarni oʻzlashtirmaganligi yoki Markazning ichki tartib-qoidalarini buzganligi sababli tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, mazkur tinglovchi uchun amalga oshirilgan toʻlov miqdori qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Yakuniy imtihon tinglovchining bilim va koʻnikmalarini ikki xil yoʻl bilan baholashni oʻz ichiga oladi:
nazariy bilimlar — ogʻzaki yoki yozma shaklda imtihon olish yoʻli bilan;
amaliy koʻnikmalar — nizoli masalalarni mediatsiya jarayonlari imitatsiyasi natijalari boʻyicha.
15. Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilarini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun Markazda tegishli sohalarning ilgʻor mutaxassislari orasidan tasdiqlanadigan uch nafardan iborat tarkibdagi komissiya shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tinglovchilar bilimi va oʻzlashtirish darajasi 100 ballik tizimda baholanadi.
Tinglovchi belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam boʻlmagan ball toʻplaganda maxsus oʻquv kurslarini oʻzlashtirgan hisoblanadi.
3-bob. Yakuniy qoida
16. Mazkur Dastur talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mediatorlarni tayyorlash dasturiga
ILOVA
Mediatorlarni tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi namunaviy
SERTIFIKAT
(tavsifi)
Sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Sertifikatda lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI. Mediatorlarni tayyorlash maxsus oʼquv kursini tugatganligi toʼgrisidagi SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GERBINING TASVIRI‎‎

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI

‎‎Mediatorlarni tayyorlash

maxsus oʼquv kursini tugatganligi toʼgrisidagi

‎‎SERTIFIKAT

‎‎MT № 000000

‎‎
______________________________________________________________________

‎‎(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

YURISTLAR MALAKASINI OSNIRISN MARKAZIDA‎‎

_________________________________________________________soatga moʼljallangan
‎‎______________________________________________________________________

(oʼquv kursning nomi)

‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________

(ixtisosligi)

‎‎muvaffaqiyatli tamomladi.
‎‎

Muhr oʼrni‎‎

Direktor

‎‎_____________

(imzo) (F.I.O.) ‎‎

Sana ____________‎‎
‎‎Qayd raqami № _____________
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.