Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
“Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 21-apreldagi 01-02/19-34-son “Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1803, 2008-yil 5-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 166-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-son “Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 2015-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 83-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.