toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2021
Hujjat 12.06.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yer uchastkalari berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish va tartib-taomillarini jadallashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga joylarda soʻzsiz amal qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 158-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi Nizomning II va III boblari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 12-son, 97-modda);
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2 va 3-ilovalari, shuningdek, II bobi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-yanvar,
63-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qaroriga
1-ILOVA
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishi olib borilayotgan massivlarga tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qaroriga muvofiq yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi oʻrinlarda “E-IJRO AUKSION” deb ataladi) — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonlaridan bevosita foydalanish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
yer uchastkasi — yer fondining qatʼiy belgilangan chegara, maydon, joylashuv joyi, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi;
xabarnoma — Internet tarmogʻida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) va uning hududiy boshqarmalari rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining kelgusida realizatsiya qilinishi haqida “E-IJRO AUKSION”dagi axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
lot — elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilinadigan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
shaxsiy hisob raqam — operatorning maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olingan operatsiyalarni oʻtkazish uchun operatorning ichki elektron tizimida operator tomonidan elektron savdo ishtirokchisiga ochiladigan hisob raqam;
eng kichik narx — lot undan past narxda realizatsiya qilinishi mumkin boʻlmagan narx;
shaxsiy kabinet — saytning faqat unda roʻyxatga olingan ishtirokchisi kira oladigan alohida boʻlimi boʻlib, u orqali ishtirokchi shaxsiy hisob raqamning holati va statistik axboroti haqidagi maʼlumotlar, buyurtmaga oid tafsilotlar va boshqa shaxsiy axborotdan foydalanish huquqini oladi;
auksion obyekti — elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkasi;
operator — “E-IJRO AUKSION”da elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishni amalga oshirish vakolati berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Keyingi tahrirga qarang.
takroriy auksion — lot realizatsiya qilinmagan taqdirda oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion;
aholi punktlari qismlarining batafsil rejasi loyihasi (keyingi oʻrinlarda BRL deb ataladi) — aholi punktlari hududlari qismlari uchun aholi punkti bosh rejasi asosida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjati boʻlib, u qizil chiziqlarni, qurilishni boshqarish va yer uchastkalaridan foydalanish chiziqlarini, yerdan foydalanish chegaralarini, hududlarni zonalarga ajratishni va ularda qurilish navbatini, himoya qilinadigan zonalardan foydalanish rejimini, koʻchalar, yoʻlaklar, piyoda yurish zonalarini, shuningdek, transport, aloqa, muhandislik uskunalari hamda hududni obodonlashtirish inshootlari va kommunikatsiyalari parametrlarini, qurilishning hajm-fazoviy va maʼmuriy-tarxiy yechimini, shuningdek, qurilish zichligi va parametrlarini, binolar va inshootlarning qavatliligini, turini belgilaydi;
boshlangʻich narx — lot elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan dastlabki narx;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasining texnik ishdan chiqishi — ishtirokchilardan birining elektron onlayn-auksion tartibotida ishtirok etishi imkoniyatini istisno etadigan yoxud operator xodimi tomonidan elektron onlayn-auksion oʻtkazishga xizmat koʻrsatilishi imkoniyatini istisno etadigan elektron savdo maydonchasining texnik nosozliklari;
auksion ishtirokchisi — elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtma bergan va unda ishtirok etishga qoʻyilgan jismoniy shaxs;
elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolar usuli boʻlib, unda lotlar Internet tarmogʻida “E-IJRO AUKSION”da potensial xaridorlarning undan teng foydalanish huquqi asosida amalga oshiriladi.
4. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasida elektron auksionlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan alohida toifadagi fuqarolarga ularning arizalari asosida auksionsiz beriladi.
Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan taʼminlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auksionga qoʻyiladi).
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurish nazarda tutilgan aholi punkti qismlarining BRL boʻlmagan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun boʻsh yer uchastkalari roʻyxati asosida BRL ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi taʼminlanadi.
Yakka tartibli uy-joy qurilishi uchun BRL ishlab chiqishni moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli mahalliy budjetlari maxsus gʻaznachilik hisobvaraqlariga yer uchastkalariga umrbod egalik qilish huquqini auksionlarda realizatsiya qilishdan, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan amalga oshiriladi.
5. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini berish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Auksion ishtirokchisi elektron onlayn-auksion orqali yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun bitta yer uchastkasini bir yilda bir marta sotib olish huquqiga ega.
2-bob. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini auksionsiz berish tartibi
6. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalari auksionsiz:
halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalariga;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xususiy uy-joy fondidagi oʻzlari egallab turgan uy-joyni tuman (shahar) hokimliklariga oʻtkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga beriladi.
Yer uchastkasini berish boʻyicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa aʼzolariga tatbiq etilmaydi.
7. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini olishga ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
buyurtmachilarning doimiy yashash joyi boʻyicha uy-joy kadastr hujjati nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda);
mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan fuqarolar toifalarining birortasiga mansublikni tasdiqlovchi hujjat.
8. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchiligidagi doimiy amal qiluvchi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Komissiya tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri, qurilish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolar yigʻinlari vakillari, shuningdek, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi raisi kiritiladi.
9. Komissiya arizani olgandan keyin oʻn kun muddatda uni koʻrib chiqadi va yer uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asoslangan holda rad etilganligi haqida xulosa beradi.
10. Komissiyaning ijobiy xulosasi asosida tuman (shahar) hokimi yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish haqida bir kun muddatda qaror qabul qiladi.
11. Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) qurilish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda qurilish boʻlimi deb ataladi), yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda davlat korxonasi filiali deb ataladi), “Qurilishda muhandislik izlanishlari, geoinformatika va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi filiali (“OʻzGAShKLITI” DUK filiali deb ataladi) bilan birgalikda uch kun muddatda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilashni amalga oshiradi, shuningdek, yer uchastkasi oluvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:
tuman (shahar) hokimi qaroridan koʻchirmani;
yakka tartibda uy-joy qurish BRL (yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari massivi bosh rejasi) nusxasini, uchastka chegaralarini belgilagan holda.
Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash hamda uchastka chegaralarini belgilagan holda yakka tartibda uy-joy qurish BRL (yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari massivi bosh rejasi)dan nusxani tayyorlash boʻyicha olib boriladigan ishlar uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida toʻlov undiriladi, toʻlov quyidagicha taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi summa — qurilish boʻlimi hisob raqamiga;
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining 80 foizi miqdoridagi summa — davlat korxonasi filiali hisob raqamiga;
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi summa — “OʻzGAShKLITI” DUK filiali hisob raqamiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuningdek, davlat korxonasi filiali belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini roʻyxatga oladi.
12. Yer uchastkasini olish huquqiga ega boʻlgan va ariza bergan barcha fuqarolarga yer uchastkalarini berish imkoni boʻlmagan holatlarda, tuman (shahar) hokimligi yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini olishga ariza berganlarning hisobini jahon Internet tarmogʻi orqali ariza berganlar oʻzining roʻyxatdagi oʻrnini kuzata oladigan elektron shaklda olib boradi.
Navbat tartibida yer uchastkalarini olishga ehtiyojmand fuqarolar roʻyxati tuman (shahar) hokimi tomonidan har olti oyda kamida bir marta tasdiqlanadi.
13. Ariza berganlar ular tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgani haqida, yer uchastkasi berilishining moʻljaldagi muddatini koʻrsatgan holda xabardor qilinishi lozim.
3-bob. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini auksion orqali realizatsiya qilish tartibi
§ 1. Yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirish va yer uchastkalarini auksionga qoʻyish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi
14. 0,04 gektar va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi elektron onlayn-auksionlarda (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) realizatsiya qilinadi.
15. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksion orqali realizatsiya qilishga moʻljallangan boʻsh yer uchastkalarining roʻyxati (keyingi oʻrinlarda roʻyxat deb ataladi) davlat korxonasi filiallari tomonidan tayyorlanadi hamda har chorakda — keyingi chorak oyining oʻninchi sanasigacha yangilanadi.
16. Roʻyxat elektron shaklda “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
Roʻyxatga har bir yer uchastkasi boʻyicha elektron shaklda quyidagi materiallar ilova qilinadi:
yer uchastkasini topografik xaritada (chegara burilishlarining koordinatali nuqtalari bilan), bunday xarita boʻlmagan taqdirda — Google map xaritada (tijorat maqsadlarida tarqatmaslik sharti bilan) yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa koʻrsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 cha boʻlgan masshtabda koʻrsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20 sm).
Roʻyxatga ilovalarda ushbu bandning uchinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan materiallardan birortasi boʻlmasa yoki ular tegishli sifatda taqdim etilmasa (boshqa masshtabda, noaniq tasvirda taqdim etilsa), tuman (shahar) hokimliklari roʻyxatni ikki ish kuni mobaynida qayta ishlash uchun qaytarib berishga haqli.
17. Tuman (shahar) hokimligi roʻyxat kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida roʻyxatda koʻrsatilgan yer uchastkalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun realizatsiya qilish boʻyicha mavjud imkoniyatlarni aniqlaydi hamda roʻyxatni “YERELEKTRON” AAT orqali xulosa olish uchun qurilish boʻlimiga yuboradi.
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurilishi nazarda tutilgan va yer uchastkalari roʻyxatiga kiritilgan aholi punktlari qismlarining BRL mavjud boʻlmaganda tuman (shahar) hokimligi roʻyxat kelib tushgan paytdan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyat yoki Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga vakolatli loyiha tashkiloti bilan tegishli BRLlarni ishlab chiqishga shartnoma tuzish uchun yuboradi.
BRL ishlab chiqilgandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLni mazkur Nizomga muvofiq yer uchastkalarini auksionga qoʻyish uchun kerakli materiallarni tayyorlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
18. Qurilish boʻlimi ikki ish kuni mobaynida xulosani tayyorlaydi va uni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
19. Qurilish boʻlimi xulosasi tuman (shahar) hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida yoki koʻchirilgan nusxa koʻrinishida yuboriladi. Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy xulosa sifatida berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi egasiga shaharsozlik va boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon qilinadi.
Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normasiga tayangan holda, boʻsh yer uchastkasini berish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
20. Tuman (shahar) hokimligi qurilish boʻlimining ijobiy xulosasi kelib tushgan kundan keyingi ish kuni mobaynida “YERELEKTRON” AAT orqali ushbu xulosani ilova qilgan holda roʻyxatni quyidagi vakolatli tashkilotlarga yuboradi:
a) xulosa olish uchun:
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga, Toshkent shahrida — Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga;
tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimiga (boʻlinmasiga), Toshkent shahrida esa — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yongʻin xavfsizligi boshqarmasiga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasiga, viloyat yoki Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;
tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga, Toshkent shahrida esa — Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar markaziga;
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga — aholi punktlaridan tashqarida joylashgan yer uchastkalari boʻyicha, — boʻlajak qurilish uchastkasining yer qaʼrida foydali qazilmalar yoʻqligi haqida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi huzuridagi tuman yoʻllardan foydalanish korxonasiga;
“Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK tuman (shahar) filialiga;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekenergo” AJning tuman (shahar) energiya bilan taʼminlash korxonasiga;
“Oʻztransgaz” AJning tuman (shahar) gaz bilan taʼminlash korxonasiga;
b) kelishish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalariga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan hududda joylashgan yer uchastkalari boʻyicha;
tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda.
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, BRLda belgilangan hamda shaharsozlik hujjatlarida nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalari boʻyicha davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatining hamda ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlimining (boshqarmasining) xulosasini olish talab etilmaydi.
21. Vakolatli tashkilotlar taqdim etilgan materiallarni ikki ish kuni mobaynida kelishadi yoki yer uchastkalarining taklif etilayotgan maqsadiga mosligi yoki mos emasligi haqida xulosalar tayyorlaydi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy qaror tarzida tayyorlanadi. Salbiy xulosada meʼyoriy-huquqiy hujjatning aniq normasiga tayangan holda muayyan yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun foydalanish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Ijobiy qaror qilingan taqdirda, kelishuv hech qanday eslatma va shartlarsiz, tegishli yer uchastkasi boʻyicha vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadigan rozilik rezolyutsiyasi yoki koʻchirilgan nusxasi orqali amalga oshiriladi. Kelishuvdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda xabarnoma tayyorlanib, unda meʼyoriy-huquqiy hujjatning aniq normasiga tayangan holda, muayyan yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun foydalanish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Roʻyxatdagi yer uchastkalari boʻyicha berilgan kelishuv va xulosa natijalari “YERELEKTRON” AAT orqali tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboriladi.
22. Roʻyxatda nazarda tutilgan yer uchastkasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasi olingandan soʻng keyingi ish kunidan kechikmasdan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkasiga umrbod meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini auksionda realizatsiya qilish orqali berish uchun taqdimnoma yuboradi.
23. Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan boʻsh yer uchastkasini tanlash materiallari;
tuman (shahar) qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning xulosasi;
vakolatli tashkilotlarning xulosalari va vakolatli tashkilotlar bilan ijobiy kelishuv toʻgʻrisidagi axborot.
Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida yoki ularning koʻchirilgan nusxalari shaklida yuboriladi.
24. Taqdimnomada qayd etilgan boʻsh yer uchastkasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimligi vakolatiga kirgan taqdirda, taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan soʻng besh ish kunida ular koʻrib chiqiladi va quyidagilar haqida qaror qabul qilinadi:
tuman (shahar) hokimligi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga moʻljallangan tegishli boʻsh yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining auksionga qoʻyilishiga roziligi toʻgʻrisida;
tegishli boʻsh yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining auksionga qoʻyilishini asoslangan sabablar koʻrsatilgan holda rad etish toʻgʻrisida.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
25. Tuman (shahar) hokimligi xulosalar (qarorlar) kelib tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida roʻyxatni qayta koʻrib chiqadi, undan salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalarini chiqarib tashlaydi.
Roʻyxatda qolgan yer uchastkalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan bir kun muddatda davlat korxonasi filialiga yuboriladi, davlat korxonasi qurilish boʻlimi bilan birgalikda besh ish kuni mobaynida 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi boʻlgan har bir yer uchastkasiga (lotga) individual raqam beradi, chegara burilishi nuqtalari koordinatalari hamda burilish nuqtalari oʻrtasidagi chegara chizigʻi uzunligini koʻrsatgan holda yer uchastkasi rejasini tuzadi, chegaradosh yerlar chegaralarini tavsiflaydi hamda bir ish kuni mobaynida tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
26. Davlat korxonasi filialining chegara burilishi nuqtalari koordinatalari hamda burilish nuqtalari oʻrtasidagi chegara chizigʻi uzunligini koʻrsatgan holda yer uchastkasi rejasini tuzish, chegaradosh yerlar chegaralarini tavsiflash hamda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash boʻyicha ishlari narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori ilovasidagi Kadastr ishini tayyorlash va koʻchmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibining 3.11-bandidagi yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlmaganda yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxidan kelib chiqib belgilanadi.
27. Lotning eng past narxi yer uchastkasining joylashuviga bogʻliq holda, har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya bosh boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining tavsiyalari asosida ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan ishlar qiymatini qoʻshgan holda belgilanadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Sotiladigan lotning eng past narxi auksion oʻtkazilayotgandagi boshlangʻich narx hisoblanadi.
§ 2. Auksionni tashkil etish va oʻtkazishning umumiy shartlari
28. Auksionlar oʻtkazilishi haqidagi xabarnomalar va lot haqidagi axborot auksionni oʻtkazish boshlanishi sanasidan kamida 30 kalendar kun oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi;
29. Auksionlarda jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.
30. Elektron onlayn-auksion narxning oshirilishi prinsipi asosida oʻtkaziladi.
31. Boʻsh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksionga tuman (shahar) hokimining qarorida (buyurtmasida) koʻrsatilgan yer uchastkasining eng past narxi boʻyicha qoʻyiladi.
32. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlarda va tartibda, elektron auksion boʻlib oʻtmagan deb tan olinganda boʻsh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasining eng past narxi boʻyicha takroriy auksionga qoʻyiladi.
33. Operator auksionni tashkil etish xizmatlari uchun boʻsh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi realizatsiya qilingan summasining 2 foizi miqdorida haq oladi.
§ 3. Auksion oʻtkazilishi haqidagi xabarnomani joylashtirish
34. Tuman (shahar), Toshkent shahri hokimliklari ikki ish kuni davomida:
a) yer uchastkasining individual tartibli raqamini, uning joylashgan joyi, yer uchastkasining maydonini (gektarda), lotning eng past narxini koʻrsatgan holda obyektning auksionga qoʻyilishi haqida qaror qabul qiladi;
b) auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalari (lotlar)ning roʻyxatini quyidagi materiallar va axborotni elektron shaklda ilova qilgan holda tayyorlaydi:
lotlarga ajratilgan yer uchastkasining umumiy rejasi, har bir yer uchastkasi alohida (lot) chegaralarini, uning maydonini va individual raqamini koʻrsatgan holda;
chegaradosh yerlardan foydalanish turlarini koʻrsatgan holda vaziyatga bogʻliq sxema;
butun yer uchastkasining fotosuratlari (15×20 sm), kamida ikki tarafdan atrofidagi obyektlarga bogʻlangan holda;
har bir lotning eng past narxi;
mavjud majburiyatlar;
tuman (shahar) hokimligining maxsus hisobvaragʻi raqamlari;
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini auksionga qoʻyishga asos boʻlgan qarorni chiqargan tuman (shahar) hokimligining manzili va telefon raqami;
v) “YERELEKTRON” AAT orqali “E-IJRO AUKSION”da auksionni tashkil qilish va oʻtkazish uchun operatorga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan buyurtmani (mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda) yuboradi;
g) boʻsh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksionga qoʻyilganligi haqidagi axborotni bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.
Mazkur nizomning 34-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hamma hujjatlar buyurtmaga ilova qilinmagan yoki ular zarur darajada rasmiylashtirilmagan boʻlsa, operator buyurtma elektron shaklda olingandan keyingi ish kunidan kechiktirmay, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda, tuman (shahar) hokimi buyurtmasini rad etadi.
Tuman (shahar) hokimi operator koʻrsatgan barcha kamchiliklarni uch kun muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani mazkur Nizomning 34-bandi “b” kichik bandi talablariga muvofiq qayta yuboradi.
35. Operator tuman (shahar) hokimligidan buyurtmanoma va unga belgilangan talablarga mos keladigan hujjatlarni olgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oʻz veb-portalida auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtiradi.
Xabarnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:
auksion oʻtkaziladigan sana;
lot raqami va nomi;
auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti;
auksion obyekti haqida axborot, yaʼni aynan:
yer uchastkasining oʻziga xos raqami;
boʻsh yer uchastkasini joylashtirish rejasiga muvofiq chegara va manzil koʻrsatilgan holda, boʻsh yer uchastkasining maydoni (gektarda) va joylashgan joyi;
yer uchastkasi boʻyicha mavjud cheklovlar;
boshlangʻich narxi;
qadam narxi, boshlangʻich narxdan foizlarda va yigʻindisi ifodasida;
zakalat miqdori boshlangʻich narxdan foizlarda va yigʻindisi ifodasida, zakalat oʻtkaziladigan operator bank hisob raqamining rekvizitlari;
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksionga qoʻyishga asos boʻlgan qarorni chiqargan tuman (shahar) hokimligining nomi, manzili va telefon raqami;
tuman (shahar) hokimining qarori boʻyicha qoʻshimcha axborot.
36. Maxsus axborot portalida barcha xohlovchilarga mazkur Nizomning 34-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan axborotni erkin olish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
§ 4. Auksionda ishtirok etish shartlari
37. Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda boshlanadi va auksionni oʻtkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.
Buyurtmanomalar elektron tarzda qabul qilinadi.
Qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin kelib tushgan buyurtmalar qabul qilinmaydi.
Quyidagi toifadagi shaxslar auksionda ishtirok etish huquqiga ega emas:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotib olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar, — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Buyurtmanomani berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Buyurtmachi operatorning veb-portalida roʻyxatdan oʻtadi va avtomatik tarzda ishtirokchining shaxsiy kabineti va shaxsiy hisob raqami ochiladi;
Buyurtmanoma beruvchi oʻzi tanlagan lotni zakalat pulidan kam boʻlmagan miqdorda shaxsiy hisob raqamini toʻldiradi va buyurtma beradi. Zakalat puli ishtirokchining shaxsiy hisob raqamidan avtomatik tarzda oʻtkazib olinadi.
Auksionda ishtirok etish uchun zakalat yer uchastkasi (lot) minimal qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Agar buyurtmachining shaxsiy hisob raqamidagi mavjud pul mablagʻlari zakalatni toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, auksionda ishtirok etish uchun buyurtma qabul qilinmaydi.
Buyurtmachi buyurtmanoma berish muddatidan kechiktirmasdan operatorga uning veb-portali orqali xabarnoma yuborib, auksionda ishtirok etish buyurtmanomasini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin. Bunda zakalat puli avtomatik tarzda ishtirokchining shaxsiy hisob raqamiga qaytariladi.
Operator buyurtmanoma elektron tarzda chaqirib olingandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ishtirokchiga u kiritgan zakalat pulini qaytaradi. Zakalat puli buyurtmachining uning auksionda ishtirok etishga buyurtmanomasida koʻrsatilgan bank hisob raqamiga yuboriladi.
Buyurtmachiga qaytarilgan zakalat puli buyurtmachi tomonidan bank hisob raqami rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilgani yoki boshqa sabablarga koʻra operatorning bank hisob raqamiga qayta kelib tushgan taqdirda, operator bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar soʻrovnomasini yuborib, ishtirokchini bu haqda xabardor qiladi. Mazkur holatda zakalat puli buyurtmachiga oʻzining bankdagi hisob raqami rekvizitlarini aniq koʻrsatib, murojaat qilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytariladi.
Buyurtmanomalarni roʻyxatga olishda majburiy tartibda talabgorni aniqlash imkonini beradigan maʼlumotlar — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, pasporti raqami va berilgan joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlarning maxfiyligi operator tomonidan taʼminlanadi.
39. Operator savdo maydonchasida roʻyxatga olingan jismoniy shaxslar uchun, ularning zakalat toʻlanganligi haqida axborotni kiritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi.
40. Savdo maydonchasi avtomatik rejimda roʻyxatga olingan jismoniy shaxs tomonidan zakalat toʻlanganligini aniqlaydi hamda zakalat kiritilgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni mobaynida unga auksionda ishtirok etish uchun ruxsatnoma ochadi.
41. Ishtirok etishga buyurtmanoma qabul qilingandan keyin u quyidagi shartlarga rioya qilinganligi yuzasidan tekshiriladi:
buyurtmanomaning belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilganligi;
zakalat pulining operator hisob raqamiga tushganligi;
buyurtmanomaning xabarnomada koʻrsatilgan buyurtmalarni topshirish muddati tugaguncha topshirilganligi.
Buyurtmanomani tekshirish avtomatik tarzda amalga oshiriladi, tekshiruv natijalari va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachi darhol xabardor qilinadi.
42. Buyurtmanomaning qoʻyilgan talablarga muvofiqligi sharti bilan, operator buyurtmachiga auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi, shuningdek, qoʻshimcha tarzda elektron pochta orqali u auksion ishtirokchisi maqomini olganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
43. Auksion ishtirokchilariga yakka tartibli raqamlar beriladi, shu raqamlar bilan ular auksionda ishtirok etadilar.
44. Buyurtmanoma talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, operator buyurtmachining auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomasini rad etadi va bu haqda unga elektron shaklda tegishli xabarnoma yuboradi.
Bunda, buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf qilgandan soʻng xabarnomada koʻrsatilgan buyurtmanoma qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga buyurtmanomani takroran yuborishga haqli.
Operator elektron savdolarda subyektlar tomonidan beriladigan elektron hujjatlar va xabarlar mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun javobgar emas.
§ 5. Auksionni oʻtkazish tartibi
45. Auksion operatorning veb-portalida xabarnomada koʻrsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.
46. Auksion unga qoʻyilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.
47. Auksion ish kuni mobaynida soat 9:00 dan soat 18:00 gacha oʻtkaziladi.
48. Boshlangʻich narx sifatida auksion obyektining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi.
49. Auksionning qadami auksion obyekti minimal qiymatining besh foizini tashkil etadi.
50. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlangʻich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.
Agar taklif berilgandan keyin oʻn daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana oʻn daqiqaga uzaytiriladi.
Agar, tasdiqlangan oxirgi taklifdan soʻng oʻn daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi boʻyicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi, deb hisoblanadi.
Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlabki belgilangan qadamning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorida mustaqil belgilash imkoniyati beriladi.
Agar, lot narxini oshirish boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auksionni oʻtkazish vaqti yakunlangunga oʻn daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi oʻn daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn-auksionni oʻtkazish vaqtini oʻn daqiqadan uzaytirib boradi. Bunda elektron onlayn auksionni oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21:00 soatga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi boʻyicha oxirgi taklifni soat 21:00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion gʻolibi, deb hisoblanadi.
51. Auksionni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida texnik uzilish sodir boʻlgan holatlarda, auksion oʻtkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda, auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
52. Elektron onlayn-auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlangʻich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldingi stavkalar (auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda);
auksion gʻolibining hamda oxirgidan oldingi stavkani bergan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi.
53. Auksion quyidagi holatlarda oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:
auksionda ishtirok etish uchun ikkitadan kam ishtirokchi qoʻyilgan boʻlsa;
auksionning birorta ishtirokchisi lotni auksion jarayonida taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmagan boʻlsa;
auksion gʻolibi va lotni sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi stavkani qoʻygan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamasa.
Auksion yakunlangach operator auksion natijalari haqida bayonnoma tuzadi.
54. Auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanganda, operatorning veb-portalida bu haqda uning sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan maʼlumot aks ettiriladi.
55. Auksionni oʻtkazish tugagan paytdan boshlab savdo maydonchasi auksion gʻolibini aniqlaydi va uning shaxsiy kabinetiga yer uchastkasi (lot) qiymatini toʻliq miqdorda toʻlash haqida talabnoma yuboradi.
56. Lotni auksionda taklif etilgan narxda auksion ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotib olish istagi bildirilmaganligi sababli auksionning oʻtkazilmagan deb tan olinishi munosabati bilan lot sotilmasa, ushbu lot eng past narxda mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatda qayta qoʻyiladi.
§ 6. Auksionlar natijalarini hisob-kitob qilish va rasmiylashtirish tartibi
57. Auksion gʻolibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, operatorning hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan lotning qiymatini toʻliq toʻlashi lozim.
Bunda ushbu lot boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli lot qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
58. Operator gʻolib auksion obyektining qiymatini toʻliq toʻlagandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay:
maxsus blankada auksion natijalari haqida bayonnomani rasmiylashtiradi, unga muhr qoʻyib, bir nusxasini auksion gʻolibiga beradi (yoki auksion gʻolibining roziligi bilan pochta joʻnatmasi orqali yuboradi). Bir vaqtning oʻzida bayonnomaning elektron nusxasi gʻolibning shaxsiy kabinetiga hamda “YERELEKTRON” AAT yoki yagona himoyalangan “E-XAT” elektron pochtasi orqali tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi. Bayonnoma nusxasi operatorda qoladi;
lotni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni, auksionni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar haqi summasini ushlab qolgan holda, tuman (shahar) hokimining buyurtmanomasida koʻrsatilgan tuman (shahar) hokimligining bank hisob raqamiga oʻtkazadi.
Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) auksion oʻtkazilgan sana;
b) yer uchastkasini auksionga qoʻyish uchun asos boʻlgan tuman (shahar) hokimligining qarori;
v) auksionning gʻolibi;
g) auksion obyekti, jumladan:
yer uchastkasining oʻziga individual raqami, maydoni va joylashgan joyi haqida.
Auksion natijalari haqidagi bayonnoma yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va ushbu yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini gʻolib nomiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Tuman (shahar) hokimligi lotni realizatsiya qilishdan mablagʻlar kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida:
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash xizmatlari uchun pul mablagʻlarini mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan tartibda belgilanadigan miqdorda tegishli yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisobraqamiga oʻtkazadi, uning 20 foizi “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobraqamiga (4001);
10 foizi — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa xoʻjaliklari egalarining kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlari egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
qolgan pul mablagʻlari (yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash xizmatlari uchun toʻlov summalarini chegirgan holda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjetlar maxsus gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
60. Lotlarni realizatsiya qilishdan tushgan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, tegishli mahalliy budjetlarning maxsus gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkazilgan mablagʻlar faqat ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun BRL ishlab chiqishni moliyalashtirishga, shuningdek, mulkdorlarga ulardan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplashga sarflanadi.
61. Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida yer uchastkasining qiymatini toʻliq toʻlamasa, operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay quyidagilarga elektron xat yuboradi:
Gʻolibga — u gʻolib deb topilgan auksion natijasining bekor qilinganligi haqida;
gʻolibdan keyin yer uchastkasining narxi boʻyicha eng yuqori stavkani qoʻygan auksion ishtirokchisiga — auksion oʻtkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasi narxini besh ish kuni mobaynida toʻlash haqidagi taklif haqida.
Agar gʻolibdan keyin yer uchastkasining narxi boʻyicha eng yuqori stavkani qoʻygan auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida yer uchastkasining qiymatini toʻliq toʻlasa, u auksion gʻolibi deb hisoblanadi va unga mazkur Nizomning 58-bandida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksion oʻtkazilmagan boʻlsa, zakalat ikki ish kuni davomida qaytarilishi kerak. Zakalat, shuningdek, auksionda ishtirok etgan, ammo unda gʻolib boʻlmagan shaxslarga ham ikki ish kuni davomida qaytariladi.
Zakalat puli auksion ishtirokchisining shaxsiy hisob raqamiga qaytariladi. Buyurtmachi ushbu mablagʻlarni shaxsiy hisob raqamda qoldirish yoki ularni oʻz bank hisob raqamiga qaytarish huquqiga ega.
Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni davomida operatorni auksion obyektini sotib olish istagi yoʻqligi haqida xabardor qilsa yoki mulkning toʻliq qiymatini belgilangan muddatda toʻlamasa, u auksion obyektini sotib olishdan bosh tortgan deb tan olinadi.
Auksion obyekti narxini mazkur Nizomning 57-bandida va ushbu bandda belgilangan tartibda toʻliq toʻlamagan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, tegishli mahalliy budjetlarning maxsus gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
62. Auksion obyekti narxini mazkur Nizomning 57 va 61-bandlarida belgilangan tartibda toʻliq toʻlamagan auksion ishtirokchilari auksionning nohalol ishtirokchilari deb eʼtirof etiladi.
Olti oy mobaynida ikki marta auksionning nohalol ishtirokchilari deb eʼtirof etilgan shaxslar keyingi kalendar yili davomida auksionda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Auksionning nohalol ishtirokchilari hisobi operator tomonidan yuritiladi.
63. Tumanlar (shaharlar) hokimlari “E-IJRO AUKSION” orqali bayonnomani olgandan keyin besh ish kuni mobaynida:
auksion gʻolibiga yer uchastkasini ajratish haqida qaror qabul qiladilar;
yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorni davlat korxonasi filialiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuboradilar;
oʻz veb-saytlarida yer uchastkasini auksion gʻolibiga ajratish haqidagi qarorini eʼlon qiladilar.
64. Yer tuzish davlat korxonasining filiali yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng ikki ish kuni davomida, yer ajratish haqidagi qaror asosida yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini toʻlov undirmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
65. Yer uchastkalarini berishda yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
66. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish
sxemasi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Yer uchastkalari yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun elektron auksion tashkil qilishga
ELEKTRON BUYuRTMANOMA

_____‎‎___________tumani (shahri) hokimligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” DUK oʻrtasida tuzilgan 20__ yil “____” __________ dagi ____-son shartnomaga, shuningdek ___________tumani (shahri) hokimligining 20___ yil “____” _________gi ____-son qaroriga muvofiq, ________ tumani (shahri) hokimligi quyidagi yer uchastkasi yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun beradi:

‎‎1. Yer uchastkasining individual raqami № ______;
‎‎2. Yer uchastkasining maydoni _______ga;
‎‎3. Yer uchastkasi joylashgan joy ___________________________;
‎‎4. Yer uchastkasi boʻyicha mavjud majburiyatlar ___________________;
‎‎5. Yer uchastkasining eng past narxi (soʻmda) _____________;
‎‎6. Tuman (shahri) hokimligining maxsus hisobvaraqlari raqamlari _____;

‎‎Bankning nomi _________________________________________________________________
‎Bankning MFOsi _______________________________________________________________
‎Bank hisobvaragʻi raqami №_______________________________________________________.
‎7. __________________________tumani (shahri) hokimligining manzili va aloqa uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va h.k.)

‎‎
‎Buyurtma berilgan sana:
20____ yil “____” ______________

‎‎‎_____________tumani (shahri) hokimi _____________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ERIsi________________
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qaroriga
2-ILOVA
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yer uchastkalarini:
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotgan massivlarda hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarorlariga muvofiq:
jismoniy va yuridik shaxslarga, belgilangan tartibda, ulardan yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan;
davlat ulushi 100 foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga berish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi:
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qaroriga muvofiq yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
davlat ehtiyojlari — yerlarni:
mudofaa va davlat xavfsizligi ehtiyojlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish uchun;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish uchun;
avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yoʻl transporti obyektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimlari obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish) uchun;
aholi punktlari bosh rejalarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan obyektlar qurish boʻyicha ijro etish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berish;
yer uchastkasi — yer fondining qatʼiy belgilangan chegara, maydon, joylashuv yeri, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi;
jamoat ehtiyojlari — quyidagilarni:
jismoniy shaxslarga, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli binolar va inshootlar, hududlarga olib keluvchi avtomobil yoʻllari va piyoda yoʻlaklarini;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslarga, shuningdek, jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar hamda hududlarda oʻtkaziladigan muhandislik-kommunikatsiyalarini;
ariqlar, kanallar va boshqa suv arteriyalari, havzalarni, aholini suv bilan taʼminlashga moʻljallangan, yashil oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi ekinlarini;
davlat taʼlim va davolash muassasalari, internatlar, mehribonlik uylarini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalardan shakllantiriladigan boshqa mablagʻlardan moliyalashtiriladigan maydonlar, shuningdek, dam olish parklari, alleyalar, xiyobonlar, dam olish zonalari, koʻllar, suv havzalari va boshqa rekreatsion obyektlarni;
Maqsadli dasturlar doirasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha va shaharlarda arzon uy-joylar qurish ehtiyojlari.
3. Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Yer uchastkalarida qurilishlarni olib borishda shaharsozlik, iqtisodiy, sanitariya talablari va boshqa talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.
Yoʻl yoqasidagi infratuzilma obyektlarini davlat-xususiy sherikligi shartlarida qurish uchun yer uchastkalari berilganda, yer uchastkasini oladigan tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmasi bilan kelishgan holda, avtomobil yoʻllari boʻylab hududlarni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish majburiyatini oladilar.
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida boʻlgan yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish faqat bu yer uchastkasi belgilangan tartibda ulardan olib qoʻyilganda (sotib olinganda) amalga oshiriladi.
Bunda, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoniga muvofiq faqat yer uchastkasi olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama oʻtkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yoʻl qoʻyiladi, yer uchastkalarini olib qoʻyishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga esa — koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.
Yer uchastkasini olib qoʻyish haqidagi qaror bosh rejalarga, shuningdek, aholi punktlarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi
2-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash tartibi
6. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi deb ataladi) quyidagi vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi:
tumanlar (shaharlarda) — yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar)lardagi filiallari (keyingi oʻrinlarda davlat korxonasi filiali deb ataladi) tomonidan;
Toshkent shahrida — Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda Toshkent shahar davlat korxonasi deb ataladi) tomonidan.
7. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tuman (shahar) hokimligi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
8. Yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs — buyurtmachi hamda davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
9. Mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beradi.
10. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi buyurtmanoma kelib tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida uni tegishli ravishda davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga yuboradi.
11. Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi yetti ish kuni mobaynida buyurtmanoma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.
12. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tomonidan “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi tasdiqlagan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy meʼyorlari toʻplamiga muvofiq haq undiriladi.
13. Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin yigirma ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yigʻma jildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboradi.
14. Yer uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yigʻma jildiga (keyingi oʻrinlarda hujjatlar yigʻma jildi deb ataladi) quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi, ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha maʼlumot;
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa — mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa koʻrsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda koʻrsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm);
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotgan fuqarolar va yuridik shaxslarning roʻyxati, ularning buziladigan uy-joyi, ishlab chiqarish va boshqa qurilmalari, inshootlar va daraxtzorlari;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklari va zararlar miqdori, shuningdek, buziladigan binolar va inshootlar, koʻp yillik daraxtzorlarni baholash haqidagi maʼlumotlar.
15. Ushbu Nizomning 14-bandida qayd etilgan barcha materiallar mavjud boʻlmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqacha masshtabda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi davlat korxonasining filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yigʻma jildini qayta tayyorlash uchun yuboradi. Bunda bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar koʻrsatiladi.
Davlat korxonasining filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi koʻrsatgan barcha kamchiliklarni besh ish kunida bartaraf etadi va materiallarni tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali takroran yuboradi.
16. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar bilan birga hujjatlar yigʻma jildini olgandan soʻng, uni besh ish kuni davomida oʻrganadi va xulosa olish uchun tuman (shahar) qurilish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda qurilish boʻlimi deb ataladi), Toshkent shahrida esa — Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda qurilish Bosh boshqarmasi deb ataladi) yuboradi.
17. Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda qurilish boʻlimi, qurilish Bosh boshqarmasi uch ish kuni davomida yigʻma jildni koʻrib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi va tegishli ravishda uni tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboradi. Xulosada shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etish talablari bayon etiladi.
18. Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, tuman qurilish boʻlimi, qurilish Bosh boshqarmasi tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligidan hujjatlar yigʻma jildini olgandan soʻng kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan uni koʻrib chiqadi hamda kelishish uchun oʻz xulosasini ilova qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) kelishish uchun yuboradi.
Kengash besh ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda hujjatlar yigʻma jildini koʻrib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qoʻyish yoʻli bilan kelishadi.
Kelishilgan materiallar, ular kelishilgandan soʻng keyingi kundan kechiktirmasdan tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga taqdim etish uchun Kengash tomonidan qurilish boʻlimiga, qurilish Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
19. Qurilish boʻlimi, qurilish bosh boshqarmasi xulosasi va kengash tomonidan kelishilgan materiallar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yoki nusxasi koʻchirilgan shaklda yuboriladi. Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik va boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa, koʻproq mos keladigan joydan ajratish haqida taklif beriladi.
Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish boʻlimi, qurilish bosh boshqarmasiga Kengash yigʻilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va meʼyoriy-huquqiy hujjatning aniq normasini koʻrsatgan holda, yer uchastkasi ajratish joyini koʻchirish haqidagi taklif bilan yuboriladi.
20. Qurilish boʻlimi, qurilish bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash, shu jumladan berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan uchastkasi joylashuvini oʻzgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.
Bunda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi ikki ish kuni mobaynida qurilish boʻlimi, qurilish bosh boshqarmasining salbiy xulosasida yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifni koʻrib chiqadi hamda hujjatlar yigʻma jildini Kengash yigʻilishining xulosasi yoki bayonnomasini ilova qilgan holda davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi oʻn ish kuni davomida yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlaydi, hujjatlar yigʻma jildini shakllantiradi va uni tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga takroran yuboradi. Bunda yangilangan yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash va tayyorlash boʻyicha ishlar uchun haq undirilmaydi.
Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi hujjatlar yigʻma jildini olgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan uni qurilish boʻlimiga, qurilish bosh boshqarmasiga mazkur Nizomning 17-18-bandlarida belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi.
3-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi
21. Qurilish boʻlimi, qurilish bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi yoki tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi kengashi kelishuvi olingan kundan keyingi ish kuni mobaynida tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yigʻma jildni quyidagi vakolatli organlarga yuboradi:
a) xulosa olish uchun:
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga, Toshkent shahrida — Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga;
tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimiga, Toshkent shahrida esa — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yongʻin xavfsizligi boshqarmasiga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasiga, viloyat yoki Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;
tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga, Toshkent shahrida esa — Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar markaziga;
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga — aholi punktlaridan tashqarida joylashgan yer uchastkalari boʻyicha, — boʻlajak qurilish uchastkasining yer qaʼrida foydali qazilmalar yoʻqligi haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi huzuridagi tuman yoʻllardan foydalanish korxonasiga;
“Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK tuman (shahar) filialiga;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekenergo” AJ tuman (shahar) energiya bilan taʼminlash korxonasiga;
“Oʻztransgaz” AJ tuman (shahar) gaz bilan taʼminlash korxonasiga;
b) kelishish uchun:
tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimiga — qishloq xoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan yerlardan boʻsh yer uchastkasi ajratilganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalariga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari boʻyicha;
tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — boʻsh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organlariga — boʻsh yer uchastkasi avtomobil turar joylari va yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda.
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik hujjatlarida nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalari ajratish materiallari boʻyicha davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatining hamda ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlimining xulosalarini olish talab etilmaydi.
22. Vakolatli tashkilotlar yigʻma jild kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yigʻma jildni kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi.
23. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning koʻchirilgan nusxasi tarzida tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboriladi. Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi va boshqa norma hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada meʼyoriy-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
24. Yer uchastkalari ajratish materiallarini kelishish tegishli yer uchastkasi boʻyicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yoʻli bilan “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilgan holatda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzda xat yoki xatning koʻchirilgan nusxasi meʼyoriy-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablarini koʻrsatib yuboriladi.
25. Vakolatli organ bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlab, ularni ushbu Nizomga muvofiq takroran kelishish (ular boʻyicha xulosa olish) huquqiga ega.
26. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish toʻgʻrisida xat yoʻllagan taqdirda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi vakolatli tashkilotlarning eʼtirozlaridan kelib chiqqan holda uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini va yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta koʻrib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda ularni davlat korxonasining filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Bunday holatlarda davlat korxonasining filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi uch ish kuni davomida yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlaydi va tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga takroran yuboradi.
Bunda yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun toʻlov undirilmaydi.
27. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta koʻrib chiqilgandan soʻng va qayta ishlangan materiallar olingach, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yer uchastkasi ajratish materiallarini ushbu Nizomning 17 ― 24–bandlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi.
Bunda takroran yuborilgan yer uchastkasi ajratish materiallari ikki ish kunida koʻrib chiqilishi kerak.
4-bob. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimi tomonidan qaror qabul qilish tartibi
28. Qurilish organining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishishi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin tuman (shahar), Toshkent shahar hokimi ikki kun muddatda yer uchastkasi ajratish haqida qaror qabul qiladi.
Yer uchastkasi ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
mahalliy davlat hokimiyati organining qarorida nazarda tutilgan obyektni qurish shartlari;
yer uchastkasi kimga, qanday maqsadlarda va qanday muddatga (yer uchastkasi muayyan muddatga vaqtincha foydalanishga va ijaraga berilganda aniq muddat koʻrsatiladi) beriladi, shuningdek, mavjud boʻlgan taqdirda — olib qoʻyilayotgan (sotib olinayotgan) yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilarining nomi;
berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud boʻlgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha;
yer uchastkalarining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak boʻlgan zararlar (mavjud boʻlgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari (mavjud boʻlgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasining u olib qoʻyilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud boʻlgan taqdirda);
tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud boʻlgan taqdirda );
suv muhofazasi, ekologik, yongʻinga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat boʻlganda).
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi ajratish haqidagi qaroriga uning ajralmas qismi sifatida ajratiladigan yer uchastkasining chegaralari plani ilova qilinadi.
5-bob. Yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimining vakolatiga kirmaydigan yer uchastkalari ajratish boʻyicha materiallarni kelishish tartibi
29. Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasi olingandan soʻng yer uchastkasi ajratish uchun keyingi ish kunidan kechikmasdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnoma yuboradi.
30. Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yigʻma jildi;
vakolatli tashkilotlarning xulosalari va kelishuvlari.
Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki ularning koʻchirilgan nusxalari yuboriladi.
31. Taqdimnomada qayd etilgan yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirgan taqdirda, taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan soʻng uch ish kunida ularni koʻrib chiqadi va quyidagilar haqida qaror qabul qiladi:
taqdim etilgan materiallarga muvofiq yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida;
yer uchastkasining joylashgan joyi oʻzgartirilgandan keyin yer uchastkasi ajratilishi mumkinligi toʻgʻrisida asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda;
asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda yer uchastkasi ajratishni rad etish toʻgʻrisida.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
32. Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kirgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgandan soʻng keyingi kundan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer uchastkalari ajratish masalasini koʻrib chiqish haqida xat yuboradi.
Xatga tuman (shahar) hokimligining taqdimnomasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligining qarori loyihasi va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Agar yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Toshkent shahar hokimi vakolatiga kirmasa, u holda Toshkent shahar hokimi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasini olgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz qarorining loyihasini, hujjatlar yigʻma jildini va vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari boʻyicha materiallarni ilova qilgan holda xat yuboradi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn ish kuni mobaynida yigʻma jild va materiallarni koʻrib chiqadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimligining qarori loyihasini yer uchastkasi joylashgan joyi boʻyicha tegishli kompleks rahbari tomonidan viza qoʻyish yoʻli bilan kelishadi hamda uni keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligiga, shuningdek, tegishli taqdimnomani kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Istisno holatlarda, qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror chiqariladi.
Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olingandan keyin bir ish kuni davomida hujjatlar toʻplamini va vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari boʻyicha materiallarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligining qarorini ilova qilgan holda, davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga yuboradi.
34. Tanlangan yer uchastkasining joylashgan joyiga rozilik berilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlar yigʻma jildini koʻrib chiqqandan keyin bir kun davomida asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda, “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga xat yuboradi.
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari ushbu Nizom 31-bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan qarorni chiqarganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rozilik bermagan holatlarda, tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini qayta koʻrib chiqadi hamda yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan ushbu Nizomning 16 ― 27-banlarida belgilangan tartibda kelishish (xulosa olish) uchun takroran yuboradi.
Bunda, yer uchastkasini tanlash boʻyicha takroran yuborilgan materiallar vakolatli tashkilotlar tomonidan ikki ish kunida koʻrib chiqilishi lozim.
Vakolatli tashkilotlar bilan yer uchastkasi ajratish materiallari kelishilgandan (xulosa olingandan) soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu Nizomning 29 — 34-bandlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun takroran yuboriladi.
6-bob. Yer uchastkalarini berish
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasi berish haqidagi qarori asosida davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi, qurilish boʻlimi, qurilish bosh boshqarmasi hamda “OʻzGAShKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilashni amalga oshiradi.
Yer uchastkasi chegaralarini joyda (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash boʻyicha ishlarni bajarish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va toʻlov quyidagicha taqsimlanadi:
eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi summa — Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali hisob raqamiga;
eng kam oylik ish haqining 80 foizi — qurilish boʻlimi hisob raqamiga;
eng kam oylik ish haqining 20 foizi — “OʻzGAShKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali hisob raqamiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari toʻlangandan, shuningdek, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va yuridik shaxslar zararlari qoplangandan keyin davlat korxonasi filiali ikki ish kuni davomida belgilangan tartibda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
38. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Yer uchastkalarini berishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
40. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Quyidagi mazmundagi 701-band qoʻshilsin:
“701. Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlab belgilangan qadamdan 5, 10 yoki 20 baravar miqdorda mustaqil belgilash imkoniyati beriladi”.
2. 79-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va bir nusxasini auksion gʻolibiga topshiradi (yoki auksion gʻolibining roziligiga koʻra pochta joʻnatmasi bilan yuboradi). Bir vaqtning oʻzida bayonnomaning elektron nusxasi gʻolibning shaxsiy kabinetiga va tuman (shahar) hokimligiga “YER ELEKTRON” AAT yoki yagona himoyalangan “E-XAT” elektron pochtasi orqali yuboriladi”.
3. 87-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“87. Tuman (shahar) hokimligi, yer uchastkasini realizatsiya qilishdan mablagʻlar kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida:
pul mablagʻlarini (yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov summasini chegirgan holda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining va tegishli mahalliy budjetlarning maxsus gʻaznachilik hisobvaraqlariga oʻtkazadi;
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov summasini tegishli yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisob raqamiga oʻtkazadi, ularning 20 foizi “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamiga (4001) yoʻnaltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son; 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son, 10.08.2019-y., 09/19/653/3535-son; 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son, 26.11.2020-y., 09/20/747/1561-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)