1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
TARBIYALASh (PATRONAT) UChUN OILALARGA BERILADIGAN YETIM BOLALARNI KIYIM-BOSh, POYABZAL BILAN TAʼMINLASh HAMDA BOLANI OʻZ TARBIYASIGA OLGAN TUTINGAN OTA-ONALARGA HAR OYLIK NAFAQA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 18-noyabrda 1189-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarda moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 33-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
3. Qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamizda qoldiramiz.
Xalq taʼlimi vaziri R. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr,
87-son
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr,
121-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2002-yil 21-oktabrdagi 87, 121-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 2-son, 22-modda) muvofiq ishlab chiqilgan.
1. Yetim bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida Nizom” ga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil, 4-son, 18-modda) amalga oshiriladi.
2. Oilaga tarbiyaga olingan bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash maqsadida tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlari ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bolaning familiyasi, ismi, sharifi, yoshi, jinsi, kiyim-bosh va poyabzalining oʻlchamlari koʻrsatilgan buyurtmani Nizomning 2-ilovasida belgilangan norma va roʻyxatga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalariga beradilar.
3. Kiyim-bosh va poyabzal uchun qilinadigan xarajatlar miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalariga tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlari taqdim etgan buyurtmaga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari bilan kelishilgan hisob-kitoblar asosida belgilanadi.
4. Bolalarga beriladigan kiyim-bosh va poyabzal uchun zarur mablagʻ bolani Xalq taʼlimi yoki Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tarbiyalash va davolash muassasalari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi muassasalardan olinishidan qatʼiy nazar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari asosida ajratilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalarining budjetiga oʻtkaziladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari oilaga tarbiyaga olinayotgan bolalarga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish maqsadida savdo tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan tovarlarning sifati va bahosini oʻrganib chiqib, ular bilan shartnoma tuzadilar. Shartnomalarning shakli va muddati tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi.
Kiyim-bosh va poyabzal savdo tashkilotlaridan pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olinadi. Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadda foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Bolani oilaga tarbiyaga olgan tutingan ota-onalar kiyim-bosh va poyabzalni shartnoma tuzilgan savdo tashkilotlariga pul oʻtkazilganidan soʻng, tegishlicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan berilgan ishonchnomalar asosida oʻzlari oladilar.
6. Savdo tashkilotlari tutingan ota-onalarga “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 59-modda) nazarda tutilgan huquqlardan foydalanishini taʼminlaydilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari savdo tashkilotlari bilan shartnomalar tuzayotganda tutingan ota-onalarning bu huquqlarini shartnoma shartiga kiritishlari zarur.
7. Tarbiyaga olingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal bola oilaga tarbiyaga olingandan keyin bir oy muddat ichida ushbu Nizomning 2-ilovasida belgilangan roʻyxat boʻyicha bir yoʻla beriladi.
8. Tutingan ota-onalar bola uchun kiyim-bosh va poyabzalni olganlaridan soʻng tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tutingan ota-ona hamda tegishli tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimida vasiylik va homiylik masalalari bilan shugʻullanuvchi masʼul xodim, xalq taʼlimi boʻlimi mudirining imzosi hamda muhri bilan tasdiqlangan qaydnomani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari buxgalteriyasiga topshiradilar. Ushbu qaydnomaga savdo tashkilotining kiyim-bosh va poyabzalni berganligi haqidagi yuk xati (nakladnaya) ilova qilinadi.
9. Davlatga qarashli bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bola tarbiyalash (patronat) uchun oilaga berilganda muassasaning xarajatlar smetasi shu vaqtdan boshlab, ushbu bolaga sarflanadigan xarajatlar miqdorida qisqartiriladi.
10. Bolaning Xalq taʼlimi yoki Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tarbiyalash va davolash muassasalari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi muassasalardan olinishidan qatʼiy nazar, tutingan ota-onalarga oʻz tarbiyasiga olgan har bir bola uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi. Mazkur xarajatlar uchun sarflanishi koʻzda tutilgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari budjeti hisobiga oʻtkaziladi.
11. Tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan mahalliy budjetlarning zaxira jamgʻarmalaridan budjet xarajatlari iqtisodiy klassifikatsiyasining 216 — “Rezerv fondlar” boʻlimi, 75-bob “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi”, 1-paragrafi “Zaxira jamgʻarmasi”, budjet xarajatlarining iqtisodiy klassifikatsiyasi boʻyicha 03-4-90-modda, yaʼni “Uy xoʻjaliklariga boshqa transfertlar” moddasidan mablagʻ bilan taʼminlanadi va buxgalteriya hisobida ham shu modda boʻyicha aks ettiriladi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari oyning oʻninchi kunigacha tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalarni ularning bank muassasalarida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkazadilar yoki naqd pul koʻrinishida beradilar.
13. Bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal xarajatlari hisoboti, shuningdek, tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar berilgani haqidagi hisobotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda mablagʻlarni ajratgan tegishli moliya organlariga topshiriladi.
14. Kiyim-bosh va poyabzal xarajatlari hamda tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
15. Bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi hamda sarflanishini nazorat qilish ushbu xarajatlarni moliyalashtiruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari zimmasiga yuklatiladi.
16. Ushbu Nizomning matni tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlarida, Mehribonlik uylari va maktab-internatlarda barchaga koʻrinarli joyga ilib qoʻyilishi, bolani tarbiyaga olayotgan tutingan ota-onalar bilan shartnoma tuzilayotganda ularni mazkur Nizom bilan tanishtirish lozim.
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari bilan kelishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga berilgan yetim bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga 1-ILOVA
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan bolaga olinadigan kiyim-bosh va poyabzalga
BUYuRTMA
Bolaning familiyasi_______________
ismi_____________________________
sharifi___________________________
yoshi ______________________________
jinsi ____________________________
Kiyim-bosh va poyabzalning nomi
Soni
Kiyim-bosh va poyabzalning oʻlchami
Tutingan ota-onaning familiyasi va ismi, sharifi (toʻliq yoziladi)
Xalq taʼlimi organi masʼul xodimining familiyasi va ismi, sharifi (toʻliq yoziladi)
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga berilgan yetim bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga 2-ILOVA
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan bolalarga kiyim-bosh va poyabzal berish
NORMASI VA ROʻYXATI
Kiyim-bosh va poyabzalning nomi
Oʻlchov birligi
3 yoshgacha boʻlgan har bir bolaga
Maktabgacha yoshdagi har bir bolaga (36 (7) yosh)
Maktab yoshidagi har bir bolaga (6 (7)- 17 yosh)
Kurtka-kombinezon
Dona
1
Kurtka
Dona
1
1
Palto
Dona
1
Oʻgʻil bolalar kostyumi
Dona
1
1
1
Maktab formasi (oʻgʻil bola uchun qora shim, oq koʻylak, qiz bola uchun kofta va yubka)
komplekt
1
Oʻgʻil bolalar koʻylagi
dona
2
2
2
Qiz bolalar koʻylagi (shoyi va ip gazlama bluzka)
dona
2
2
2
Qiz bolalar xalati
dona
1
1
Sviter (Djemper)
dona
1
1
Yozgi bayram koʻylagi
dona
1
1
Qishki bosh kiyim
dona
1
1
1
Qiz bolalar trikosi
dona
1
1
Kolgotka
dona
2
2
2
Ichki kiyim toʻplami ( oʻgʻil va qiz bolalar uchun)
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga berilgan yetim bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga 3-ILOVA
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan bolalarga kiyim-bosh va poyabzal berish haqida
QAYDNOMA (VEDOMOST)
Bolaning familiyasi_______________
ismi_____________________________
sharifi___________________________
yoshi ______________________________
jinsi ____________________________
Kiyim-bosh va poyabzalning nomi
Soni
Bahosi (soʻm)
Tutingan ota-onaning Familiyasi va ismi, sharifi (toʻliq yoziladi)
Xalq taʼlimi organidan masʼul xodimning familiyasi va ismi, sharifi (toʻliq yoziladi)
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 22-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 532-modda)