1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
BANK SIRI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang)]
Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, eʼlon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.12.00 Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti (shuningdek, 06.03.05.00ga qarang);
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.10.00 Banklararo operatsiyalar va yuridik, jismoniy shaxslar oʻrtasida operatsiyalar]
Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi maʼlumotlardan iboratdir:
oʻz mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir maʼlumotlar;
bank oʻz mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari koʻrsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) toʻgʻrisida olgan maʼlumotlar;
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi maʼlumotlar;
mijoz (vakil) topshirigʻiga binoan yoki uning foydasini koʻzlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning banklar oʻrtasida muomalada boʻlishi natijasida maʼlum boʻlib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir maʼlumotlar;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
Bank, uning mijozi (vakili) va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi.
5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish, ogʻzaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yoʻsinda tarqatish yoki maʼlum qilish, uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkazish, bunday maʼlumotlarni qoʻlga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoxud maʼlum boʻlib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bunday maʼlumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yoʻsinidagi xizmat koʻrsatuvchi shaxslarga maʼlum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti bu ana shunday xizmat koʻrsatish zarur boʻlsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir etishdan oʻzlarini albatta tiysalar, bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi.
6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu maʼlumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanilishi taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang)]
Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilishi, shuningdek mazkur maʼlumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday maʼlumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida yaratib berishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Agar bank bilan mijoz (vakil) oʻrtasida nizo kelib chiqqan boʻlsa, bank oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni zarur hollarda va doirada maʼlum qilishi mumkin.
8-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar mijozning (vakilning) oʻziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz mijozlari haqidagi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi.
9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga taqdim etish
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda, yetkazilgan zarar undirib olinishini yoki uning mol-mulki xatlanishini taʼminlash maqsadida tergovchi yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan taqdim etiladi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar sudga uning yozma soʻrovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar boʻyicha taqdim etiladi.
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar sud ijrochisiga uning yozma soʻrovi asosida, sudning undiruvni mazkur bank mijozining (vakilining) mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi yoki bu mijozning (vakilning) mol-mulkini xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.
11-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi.
12-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sudga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek sud ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, ularni soʻrayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yuborish orqali amalga oshiriladi.
13-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mijozning (vakilning) merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislariga taqdim etish
Mijoz (vakil) toʻgʻrisidagi, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar uning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislariga, agar ularning oʻzi yoki ular vakolat bergan vakillar qonun hujjatlariga muvofiq meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsalar, bank tomonidan taqdim etiladi.
Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan hujjatlar olingan taqdirda, bank murojaat qilgan shaxsni u soʻragan maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati yoʻqligi xususida uch ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart, shuningdek qoʻshimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoki murojaat etgan shaxsning meros huquqini yoxud huquqiy vorisligini tasdiqlab berish toʻgʻrisidagi yozma soʻrovni tegishli notariusga yoki yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yuborishga haqli. Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bank murojaat etgan shaxsga besh ish kuni ichida tegishli mijoz (vakil) toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni berishi va barcha hujjatlarni taqdim etishi shart.
14-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning banklar oʻrtasida muomalada boʻlishi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
Banklar oʻz faoliyatining xavfsizligini taʼminlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida oʻz mijozlari (vakillari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada oʻzaro almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin.
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga, shuningdek omonatchilarga pullarni qaytarish tadbir-choralarini koʻrish uchun agent banklarga taqdim etiladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Boshqa bankning mijozi (vakili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgan bank bunday maʼlumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
15-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish chegarasi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Bank ushbu Qonunga muvofiq faqat oʻz mijoziga (vakiliga) doir, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etadi, bunda mijozning (vakilning) bankda saqlanayotgan hujjatlarida boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, bunday maʼlumotlar ham mijozga (vakilga) doir maʼlumotlar deb hisoblanadi.
16-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar taqdim etishni rad qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang)]
Agar bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talab ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq boʻlmasa, bank bunday maʼlumotlar taqdim etishni rad qilishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni soʻrash va olishga haqli emas, ushbu Qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
17-modda. Nizolarni hal qilish
Bank siri bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.19.00 Banklar va bank faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan shaxsning bu maʼlumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga (vakiliga) zarar yetkazganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.