Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son
qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan, shuningdek biometrik hujjatlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son
qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga kiritilayotgan
1. Qarorning
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari” soʻzlari qoʻshilsin.
a)
“a” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “b” kichik bandining
ikkinchi xatboshidagi “biometrik pasportlar” soʻzlaridan keyin “, xorijga chiqish biometrik pasportlari” soʻzlari qoʻshilsin.