Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi
qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016 va 4-son qarori (roʻyxat raqami 2780, 2016-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 172-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
4-bob quyidagi mazmundagi 19
1-band bilan toʻldirilsin:
“191. I va II guruh nogironi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish qobiliyati mavjud boʻlmaganda u oraliq nazorat davri boshlangunga qadar oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga murojaat qiladi. Bunda talaba haqiqatdan ham sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qilishini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasini taqdim etishi lozim. Ushbu talaba oraliq nazoratni ogʻzaki imtihon shaklida komissiyaga topshiradi.
Sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qiladigan talabalardan ogʻzaki imtihonlarni qabul qiluvchi komissiya rektor buyrugʻi bilan tuziladi. Komissiya tarkibi har oʻquv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Komissiyaning qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qiladigan talabalar tomonidan oraliq nazoratni qayta topshirish mazkur Nizomning 8-bobiga muvofiq ogʻzaki imtihon shaklida amalga oshiriladi.”.
2.
5-bob quyidagi mazmundagi 37
1-band bilan toʻldirilsin:
“371. I va II guruh nogironi boʻlgan talabaning yakuniy nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish qobiliyati mavjud boʻlmaganda yakuniy nazorat mazkur Nizomning 191-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.”.
3. Mazkur qoʻshimchalar Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.