Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha
1-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha
2-ilovaga muvofiq;
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha
3-ilovaga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi boʻyicha
5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha
6-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha
7-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha
8-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi boʻyicha
9-ilovaga muvofiq;
qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha
11-ilovaga muvofiq;
bozorlar tomonidan olingan daromadlar boʻyicha
12-ilovaga muvofiq;
davlat boji va avtotransport yigʻimi boʻyicha
13-ilovaga muvofiq;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha
14-ilovaga muvofiq.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil uchun soliq hisoboti 2018-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.