1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2971-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 182-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2971, 2018-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 7-son, 128-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 20-dekabrdagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2971-2, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2971-2/4199-son)