toggle_night_mode
Hujjat 20.06.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2971-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 182-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2971, 2018-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 7-son, 128-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 13-iyundagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2971-6, 20.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/2971-6/0539-son)
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-dekabr,
156-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/2971-1/2518-son; 25.12.2019-y., 10/19/2971-2/4199-son; 28.12.2020-y., 10/20/2971-4/1675-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2971-5/0608-son; 20.06.2022-y., 10/22/2971-6/0539-son)