toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2974-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi PF-5553-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 12-fevraldagi 2, 5-B va 19-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2974, 2018-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 8-son, 147-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-dekabr,
12/qq-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-dekabr,
27-qq-son
Moliya vaziri J. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-dekabr,
147-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 10/19/2974-1/2505-son)