Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Toshkent shahrida Pravoslav Cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi yubileyiga belgilangan diniy-maʼmuriy markaz qurilishini tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Pravoslav Cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo eparxiyasi Toshkent shahrida oʻzining diniy-maʼmuriy markazi qurilishi davrida qurilish materiallari sotib olish va qurilish ishlariga haq toʻlash uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi va soliq solishning boshqa shakllaridan istisno tariqasida ozod qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan soliqqa oid imtiyozlarni berish tartibini koʻrib chiqsin.