Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 13-apreldagi 9-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2670, 2015-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 236-modda) bilan tasdiqlangan Eksternat toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Attestatsiyada umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan va tegishli yilda 16 yoshga toʻladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar, umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan va tegishli yilda 18 yoshga toʻladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar qatnashishi mumkin.”.
3. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Umumiy oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnomaga ega fuqarolar 11-sinf doirasida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ekstern bir vaqtning oʻzida 9-sinf va 11-sinf doirasida attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.”.
4. 8-bandning
beshinchi xatboshisidan “eksternning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5.
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Ekstern 9 va 11-sinflardagi baholar (oʻzlashtirish) tabeliga asosan attestatsiya oʻtkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan boʻlsa, ushbu fanlardan attestatsiyadan ozod etiladi.”.
6.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Eksternning 9 va 11-sinflardagi baholar (oʻzlashtirish) tabeli boʻlmasa, 9 va 11-sinfda oʻqitiladigan fanlardan imtihon topshiradi, “Chizmachilik”, “Tasviriy sanʼat”, “Musiqa”, “Texnologiya”, “Jismoniy tarbiya” fanlari bundan mustasno.”.