Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ipak mahsulotlarini, shu jumladan pilla va ipak xom ashyolarini qayta ishlash natijasida olinadigan chiqindilarni ekport qilish tartibini soddalashtirish, shuningdek, mahalliy ipak mahsulotlari eksport hajmini oshirish va diversifikatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarori 3-bandining
ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“istisno tariqasida, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak ipining boʻsh qoldiqlarini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan quruq pillaning 50 foizgachasini, shu jumladan, ipak chiqindilari (titishga yaroqsiz pilla, ipak ipi chiqitlari va titilgan xom ashyo)ni jahon darajasiga muvofiq boʻlgan narxlarda eksportga, shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga va milliy valyutaga sotishga ruxsat berilsin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.