Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son
qaroriga muvofiq hamda davlat tibbiyot tashkilotlari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda)
1-ilova matni
ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 57-modda)
2-bandi, shuningdek, qarorga
2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning