Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga kiritish haqidagi qarorining
2-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 2-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalar toʻgʻrisidagi
Nizomning:
1-boʻlimi
2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kichik korxonalarga hisobot davri (yil)da xodimlarining oʻrtacha cheklangan soni:
sanoat va qurilishda — 50 kishidan;
qishloq xoʻjaligida va ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 25 kishidan;
ilm-fan sohasida va ilmiy xizmat koʻrsatishda — 10 kishidan;
noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 10 kishidan;
chakana savdoda — 5 kishidan ortiq boʻlmagan yuridik shaxslar kiradi”;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qaroriga ilovaning 2-qismi
uchinchi xatboshi “mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllari” soʻzlaridan soʻng “shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik” soʻzlari bilan toʻldirilsin.