1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish, eksport qiluvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, raqobatbardosh eksport mahsulotlari ishlab chiqarishning koʻpaytirilishini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻgʻri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻgʻri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq toʻlovi boʻyicha kamaytiradilar.
Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha xom ashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.01 Neustoyka]
2. Belgilansinki, ushbu Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilishi natijasida toʻlanmagan mablagʻlar quyidagi hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti faktini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda;
tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi taʼminlanmaganda.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishda ushbu Farmonga muvofiq berilayotgan imtiyozlarni nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Farmonga muvofiq imtiyozlarni qoʻllash ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-noyabr,
PF-5587-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmoniga ILOVA
2019-yil 1-yanvardan qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport qilinadigan xom ashyo tovarlari
Roʻyxati
T/r
Tovarlar nomi
TIF TN kodi
1.
Paxta linti
1404 20 000 0
2.
Neft xom ashyosi, gaz kondensati, neft mahsulotlari
2709 00, 2710 (2710 12 — 2710 19 dan tashqari)
3.
Tabiiy gaz
2711 21 000 0
4.
Suyultirilgan gaz
2711 11 000 0 — 2711 19 000 0
5.
Elektr energiyasi
2716 00 000 0
6.
Radioaktiv kimyoviy elementlar va radioaktiv izotoplar va ularning birikmalari
2844
7.
Oʻgʻitlar
3101 00 000 0 — 3105
8.
Birlamchi shakldagi etilen polimerlari
3901 10 — 3901 20
9.
Propilen polimerlari yoki birlamchi shakldagi boshqa olefinlar (polipropilen)
3902
10.
Birlamchi shakldagi stirol polimerlari
3903
11.
Vinilxlorid polimerlari yoki birlamchi shakldagi galogenlashgan olefinlar
3904
12.
Polimerli, silikonli pozitsiyalar, kauchuk
3905 — 3914
13.
Oshlangan charm yoki qoʻy terisidan yoki yirik qoramol buzoqlarining terisidan, boshqa hayvonlarning terilaridan charm krastlari
4101 — 4107
14.
Pilla, ipak chiqindilari
5001 — 5003
15.
Paxta tolasi va chiqindilari
5201 — 5203
16.
Ip kalava
5205 — 5207
17.
Qimmatbaho metallar
71 (7113 — 7118 dan tashqari)
18.
Qora metallar, qora metallar prokati, qora metall parchalari va chiqindilari
72
19.
Rangli metallar, rangli metallar prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari