Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-iyuldagi 483-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 7-son, 140-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1.
3-banddagi “islom diniga oid qadimiy, noyob qoʻlyozma asarlarni” soʻzlari “qadimiy, noyob qoʻlyozma va toshbosma asarlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovaning
15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Markaz direktorining ilmiy-maʼrifiy ishlar boʻyicha va maʼmuriy va xoʻjalik ishlar boʻyicha ikki nafar oʻrinbosarlari boʻladi. Markaz direktori boʻlmagan taqdirda uning funksiyasini direktor oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.”.
3. 2-ilovaning
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining