toggle_night_mode
Hujjat 27.11.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Taʼlim, fan, madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish, Oʻzbekistonning madaniy, maʼnaviy va tarixiy merosini keng xalqaro jamoatchilik orasida faol targʻib qilish, YUNESKO bilan har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va uni samarali amalga oshirish, shuningdek, YUNESKO Ustaviga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tuzilmasida uning ishchi organi hisoblangan va xodimlarning cheklangan soni 7 nafar boʻlgan kotibiyat faoliyat yuritadi;
kotibiyat rahbari — Komissiya Bosh kotibi maqomi, mehnatga haq toʻlash, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
kotibiyat xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida nazarda tutilgan mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish tartibi hamda ushbu qarorga 4-ilovada belgilangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari qoʻllaniladi;
kotibiyatga 1 ta yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratiladi;
kotibiyatni saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga belgilangan tartibda qoplanadi.
3. Kotibiyat Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54-uy manzildagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Huqumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-noyabr,
957-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
1-ILOVA
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, tarkibini va ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, YUNESKO va Taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkilotining (AYSESKO) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Komissiya tuzilmasida uning ishchi organi hisoblangan kotibiyat faoliyat yuritadi.
5. Quyidagilar Komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
taʼlim;
ilm-fan;
madaniyat;
ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar.
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. YUNESKO va AYSESKO faoliyatida jahon sivilizatsiyasi va madaniyati markazlaridan biri sifatida Oʻzbekistonning xalqaro obroʻsi va rolini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasida YUNESKO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat dasturlarida belgilangan Oʻzbekistonning xalqaro obroʻsi va rolini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
oʻzbek xalqining madaniy va tarixiy merosini hamda Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda himoya qilish;
Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslarini fan-taʼlim va madaniy-gumanitar sohalarda hamda mamlakatning hududiy va global rivojlanish boʻyicha pozitsiyasi va yondashuvini ilgari surish;
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida hamda loyihalarida vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, mutaxassislarning qatnashishi toʻgʻrisida YUNESKO kotibiyatiga hamda mintaqaviy boʻlinmalariga, AYSESKO Bosh direksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash va kiritish;
taʼlim, fan, madaniyat, axborot va kommunikatsiyalar sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha YUNESKO, AYSESKOning mintaqaviy byurolari va markazlari bilan muntazam konsultatsiyalar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida YUNESKO va AYSESKO tadbirlarini tashkillashtirish va oʻtkazishda qatnashish;
YUNESKO va AYSESKO tomonidan chaqiriladigan bosh konferensiya hamda boshqa hukumatlararo kengashlarni tashkil etishga va oʻtkazishga koʻmaklashish;
YUNESKO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlarining ishtirokini ragʻbatlantirish;
YUNESKO va AYSESKO grantlari va homiylik xayriyalarini jalb etish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish.
7. Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi tegishli hududlar (obyektlar)da rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari loyihalari Komissiya bilan kelishiladi.
3-bob. Komissiyaning vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
8. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid zarur materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chiqarilgan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga, YUNESKO va AYSESKO qoidalariga zid kelgan hollarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya oʻzining majlislarida vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini eshitish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan YUNESKO va AYSESKO masalalari boʻyicha muammo va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
YUNESKO va AYSESKO dasturlarini va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini, shuningdek, boshqa mutaxassislarni jalb qilish.
9. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ekspert kengashlari va ishchi guruhlarni tuzishi mumkin.
4-bob. Komissiyaning tarkibi
10. Komissiya tarkibiga Komissiya raisi, uning oʻrinbosarlari, Bosh kotibi va Komissiya aʼzolari kiradi.
Komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek, fan, madaniyat va taʼlim arboblari ham kiritilishi mumkin.
Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya raisi, uning oʻrinbosarlari va Komissiya aʼzolari Komissiya faoliyatini amalga oshirishda jamoatchilik asosida ishtirok etadilar.
Komissiya Bosh kotibi Komissiya kotibiyati rahbari hisoblanadi va oʻz faoliyatini doimiy asosda olib boradi.
11. Komissiya aʼzolari uning majlislarida almashuv huquqisiz ishtirok etadilar.
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
5-bob. Komissiya ishini tashkil etish
12. Komissiya majlislarini Komissiya raisi olib boradi, Komissiya raisi qatnashmagan hollarda uning topshirigʻiga koʻra yigʻilishni rais oʻrinbosarlaridan biri olib boradi.
13. Komissiyaning umumiy majlislari navbatdagi va navbatdan tashqari boʻlishi mumkin.
Navbatdagi umumiy majlislar har yilda kamida bir marta chaqiriladi. Bunda, qoida tariqasida, Komissiya raisining va Bosh kotibining Komissiya ishchi guruhlari va kotibiyatining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari tinglanadi, Komissiya qarorlarining bajarilishi koʻrib chiqiladi, uning istiqboldagi faoliyati muhokama qilinadi hamda kotibiyat va Komissiyaning ish rejalari tasdiqlanadi.
Navbatdan tashqari umumiy majlislari alohida hollarda Komissiya vakolatlari doirasiga kiradigan, zudlik bilan hal qilinishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan chaqiriladi.
14. Komissiyaning umumiy majlislar oʻrtasidagi davrda barcha ishlarga Komissiya kotibiyati rahbarlik qiladi.
15. Umumiy majlislarning kun tartibi, shuningdek, ularni oʻtkazish joyi va vaqti Komissiya raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra rais oʻrinbosarlaridan biri tomonidan belgilanadi.
16. Majlislar Komissiya aʼzolarining umumiy sonidan kamida yarmi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
17. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, majlisga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
18. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya raisi yoki majlisga raislik qilgan uning oʻrinbosari va Komissiya Bosh kotibi imzolaydi.
19. Komissiya majlisi qarorlarining mazmuni (sharhi) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib boriladi.
20. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlarni oʻzida mujassam etgan materiallar Komissiyaning yopiq majlislarida Komissiyaning vakolatli aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushbu majlislarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.
6-bob. Komissiyaning kotibiyati
21. Komissiyaning Bosh kotibi maqomi, mehnatga haq toʻlash, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Komissiya kotibiyati quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
YUNESKO kotibiyati va AYSESKO Bosh direksiyasi, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega boʻlgan komissiyalar hamda YUNESKO va AYSESKOga aʼzo davlatlarning milliy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Komissiya va uning ishchi organlari ish rejalari tayyorlanishi hamda ular bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
YUNESKO va AYSESKOning davriy nashrlarida respublika fuqarolari, tashkilotlari, muassasalarining fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha asarlari va boshqa materiallarini chop etishga koʻmaklashish;
YUNESKO va AYSESKO homiyligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotlarga yordam koʻrsatish;
fan, madaniyat va taʼlim boʻyicha dasturlarni tayyorlash va ularni Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish;
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
YUNESKO kotibiyatida va uning mintaqaviy boʻlinmalarida, shuningdek, AYSESKO Bosh direksiyasida ishlash uchun ekspertlar sifatida respublika mutaxassislarini tanlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash;
Komissiya faoliyatiga taalluqli materiallarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, tahlil qilish va ularning ilgʻor tajribasini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xizmat doirasida yozishmalar olib borish;
Komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zarur hujjatlarni, materiallarni va takliflarni tayyorlash;
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlar nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligiga muntazam kiritib borish;
Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarini asrash masalalari boʻyicha choralar koʻrish va bu borada tegishli vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa topshiriqlarni bajarish.
23. Komissiya Bosh kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Komissiya kotibiyati xodimlari Komissiya Bosh kotibi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Komissiya kotibiyati davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
26. Komissiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Komissiya faoliyatini moliyalashtirish
27. Komissiya faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
YUNESKO va AYSESKO Bosh direksiyasi kotibiyatining mablagʻlari;
Komissiya kotibiyatini taʼminlashga ajratiladigan budjet mablagʻlari;
YUNESKO va AYSESKO bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etishdan tushgan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Komissiyaning yillik xarajatlar smetasi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya pul mablagʻlari xarajatlar smetasiga muvofiq Komissiya Bosh kotibi tomonidan tasarruf etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
2-ILOVA
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining
TUZILMASI
Izoh. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 7 shtat birligidan iborat. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normalarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
3-ILOVA
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining
TARKIBI

A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, milliy komissiya raisi

A. Kamilov

tashqi ishlar vaziri, milliy komissiya raisining oʻrinbosari

I. Madjidov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, milliy komissiya raisining oʻrinbosari

I. Abdurahmonov

innovatsion rivojlanish vaziri, milliy komissiya raisining oʻrinbosari

B. Sayfullayev

madaniyat vaziri, milliy komissiya raisining oʻrinbosari

Sh. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

A. Aqqulov

Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi

A. Xaydarov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

B. Yuldashev

Fanlar akademiyasining prezidenti

A. Nuridinov

Badiiy akademiya raisi

L. Tangriyev

Matbuot va axborot agentligi bosh direktori

A. �oʻchimov

Milliy axborot agentligi bosh direktori

A. Xadjayev

Milliy teleradiokompaniya raisi vazifasini bajaruvchi

F. Zakirov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

lavozimiga koʻra

Milliy komissiya Bosh kotibi

Izoh. Milliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarini bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-dekabrdagi 629-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan hamkorlik toʻgʻrisida” 2017-yil 12-oktabrdagi 821-son qarorining 3-bandi va unga ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-yanvardagi 26-f-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/957/2228-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)