1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.08.00 Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari bozori;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 23-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1384-7]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-sonli “Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3596, 27.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 10-iyundagi 2004-13-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384, 2004-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 28-son, 325-modda) bilan tasdiqlangan Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-oktabr,
2018-11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-son buyrugʻiga ILOVA
Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi “korporativ obligatsiyalar” degan soʻzlardan keyin “, infratuzilma obligatsiyalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“51. Uyushgan birjadan tashqari bozordagi savdolarga qoʻyishga fond birjasining birja kotirovkalash varagʻida mavjud boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga ruxsat beriladi.”.
“6. Agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi BTSTda roʻyxatdan oʻtkazilgan mijozlargagina xizmat koʻrsatishi mumkin.”.
“14. Mijoz qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining yoki sherigining istalgan BQQPlaridan biriga, shuningdek maxsus veb-ilova orqali topshirishi mumkin. Bunda mijozning BTSTdagi identifikatsion raqami oʻzgarmaydi.
Buyurtmalar mijoz investitsiya vositachisi tomonidan BQQP orqali topshirilgan taqdirda, buyurtmaga mijoz va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi investitsiya vositachisiga mijozning nomidan buyurtmalar berish huquqini nazarda tutuvchi shartnoma nusxasi ilova qilinadi.”.
6. 16-banddagi “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar “, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 17-banddagi “roʻyxatdan oʻtkazilgan mijozlar toʻgʻrisida maʼlumotlarning” degan soʻzlar “mijozlar tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish (sotish)ga berilgan buyurtmalar va savdolar yakunlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“20. Mijoz va (yoki) mijozning investitsiya vositachisi uyushgan birjadan tashqari bozorda bitimlarni amalga oshirishi uchun buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan shaklda va tarzda berishi shart.”.
birinchi xatboshi “Buyurtmada” degan soʻzdan keyin “, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “depozitariydagi” degan soʻz “investitsiya vositachisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi “mijozning imzosi” degan soʻzlardan keyin “(buyurtmalarni elektron shaklda kiritish hollari bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 23-banddagi “mijoz depozitariysiga”, “mijoz depozitariysining” hamda “mijoz depozitariysi” degan soʻzlar tegishli ravishda “mijoz investitsiya vositachisiga”, “mijoz investitsiya vositachisining” hamda “mijoz investitsiya vositachisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11. 231va 24-bandlardagi “mijoz depozitariysidagi”, “mijoz depozitariysiga” va “mijoz depozitariysi” degan soʻzlar tegishli ravishda “mijoz investitsiya vositachisidagi”, “mijoz investitsiya vositachisiga” va “mijoz investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 25-bandning ikkinchi xatboshisi “berishga” degan soʻzdan keyin “, shu jumladan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“mijoz investitsiya vositachisining depo hisobvaragʻida (hujjatsiz qimmatli qogʻozlar uchun) buyurtmada sotish uchun koʻrsatilgan hajmda qimmatli qogʻozlar mavjudligini taʼminlashi;”.
beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “mijoz depozitariysiga va “depozitariylar” degan soʻzlar tegishli ravishda “mijoz investitsiya vositachisiga” va “investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“investitsiya vositachisidagi mijozning depo hisobvaragʻiga qimmatli qogʻozlarning qaytarilishini taminlashi (hujjatsiz qimmatli qogʻozlar uchun) shart.”.
16. 33-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. 34-band “BQQP” qisqartmasidan keyin “hamda investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mijoz depozitariysining” degan soʻzlar “mijoz nvestitsiya vositachisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“38. Kliring amalga oshirilgandan soʻng qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi.
39. Kliring amalga oshirilgandan soʻng qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblar xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.”.
20. 40-banddagi “depozitariylarning” degan soʻz “investitsiya vositachilarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 43 — 45-bandlardagi “mijoz depozitariysi” degan soʻzlar “mijoz investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 46-banddagi “, mijoz depozitariysi” degan soʻzlar “va mijoz investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son)