Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining uning tarkibiga “Oʻzboshyogʻochqurilish” boshqarmasi tugatilishi munosabati bilan ilgari “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga berilgan uch korxona — quyosh nuridan saqlash mahsulotlari zavodi, “Yogʻochsoyuz” aksionerlik jamiyati (sobiq “Toshkent” yogʻochni qayta ishlash ishlab chiqarish birlashmasi), “Hamidullo” aksionerlik jamiyati (sobiq duradgorlik materiallari zavodi)ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi, “Toshkent-uyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni ularning 1997-yil 1-yanvardagi balans holati boʻyicha qabul qilish-topshirishni amalga oshirsinlar.