1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish toʻgʻrisida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yigʻilishida 2018-yil 1-iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul markaziy vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi oʻzlariga taalluqli qismi boʻyicha masʼul vakolatli organlar etib belgilansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida va uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar haqida tegishli bildirishnomani yuborsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-noyabr,
PQ-4016-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2018-y., 07/18/4016/2185-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)