Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi
Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24, 121-son qarori (roʻyxat raqami 2822, 2016-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Respublika yoʻl jamgʻarmasi uchun imtiyozga ega boʻlgan korxonalar davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni imtiyozli 1,5 foiz stavkada budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻliq hajmda toʻlaydilar.”.
“korxonalarni, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati mustasno. Bunday hududiy cheklov turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarga va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi;”.
4. 9-bandning rus tilidagi
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Pri viyavlenii faktov nesootvetstviya predpriyatiya ustanovlennim trebovaniyam dlya predostavleniya nalogovix lgot za period, v techeniye kotorogo predpriyatiye ne sootvetstvovalo ustanovlennim trebovaniyam, nalogi i obyazatelnie otchisleniya uplachivayutsya v obщeustanovlennom poryadke, s primeneniyem finansovix sanksiy, predusmotrennix zakonodatelstvom.”
5. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.