Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-sentabrdagi PQ-3941-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qarori rus tilidagi matnining 13-bandi
beshinchi xatboshidagi “— predsedatelya AO “Uzbekneftegaz” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.