OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi
Qonuni qabul qilingandan buyon sobiq SSSRning hududida geosiyosiy va iqtisodiy makonda jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi.
Birlashgan millatlar tashkiloti va Xavfsizlik hamda hamkorlik boʻyicha Umumyevropa Kengashi aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalarining asosiy eʼtibori respublikaning mustaqilligini shakllantirishga qaratilishidan manfaatdor.
Shu bilan birga soʻnggi paytlarda respublikada ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning barqarorlashishidan manfaatdor boʻlmagan alohida shaxslar va tashkilotlar mablagʻlari hisobiga chiqarilayotgan nashrlar MDH davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari oʻrnatilishiga yordam bermaydi.
Shu kabi hollarni istisno qilish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini nazorat qilish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ushbu vazifani Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi va ularning joylardagi organlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.