Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-maydagi 78-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 78-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
“Mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish)ga, shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek, aylanma mablagʻlarni toʻldirishga beriladi.”;
“3. Mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga biznesni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish) uchun, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha beriladi.
4. Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (shu jumladan mikrofirmalarga, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xoʻjaliklariga — 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
5. Mikrolizing xizmatlari kichik tadbirkorlik subyektlariga — texnologik uskunalar va texnikalar sotib olish uchun 3 yilgacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 2000 baravarigacha miqdorda koʻrsatiladi”;
v)
7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Beriladigan mikrokreditlar va koʻrsatiladigan mikrolizing xizmatlari boʻyicha foiz stavkalari “Mikrokreditbank” ATB siyosatiga asosan belgilanadi”.