Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 26-oktabrdagi 13-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2954, 2017-yil 7-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 49-son, 1221-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“10. Roʻyxat (3 ta nusxada) sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolangan taqdimnomaga ilova qilgan holda har yili 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (bundan buyon matnda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi deb yuritiladi) taqdim etiladi.”.
2.
11,
12,
14-bandlardagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
13-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining” va “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar tegishincha “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” va “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
15-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnomani 30 kun ichida koʻrib chiqadi.”.
6.
17-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.