1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON TOVAR IShLAB ChIQARUVChILAR VA TADBIRKORLAR PALATASI FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalari tomonidan tashkil etiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Palata raisi va uning oʻrinbosarlari Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining yuqori organi — syezd tomonidan saylanadilar, Palataning ijro etuvchi apparatini mablagʻ bilan taʼminlash esa Palata qatnashchilari badallari, shuningdek uning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi oʻziga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
Palata aʼzolariga konsalting, auditorlik, yuridik, axborot xizmatlari, shuningdek kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar (markazlar, xizmatlar, firmalar) tashkil etish;
keyinchalik soliq va boshqa organlarga taqdim etish uchun Palata aʼzolari topshirigʻiga binoan buxgalteriya va moliya hisobotlari tuzish;
iqtisodiy tusdagi bahslar va nizolarni hal etuvchi komissiyalarga ega boʻlish.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalari:
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman (shahar) palatalarini birlashtiradilar, oʻzlariga berilgan funksiyalarning bajarilishi yuzasidan oʻz aʼzolari oldida javob beradilar;
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan kirgan holda, oʻz faoliyatini viloyat konferensiyasi tomonidan tasdiqlanadigan hududiy palata Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.
Hududiy palatalar raislari Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi prezidiumi bilan kelishgan holda konferensiyalarda saylanadilar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Kichik oʻrta va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning asosiy boʻgʻini sifatida yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning tuman (shahar) palatalari tashkil etilsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman (shahar) palatalari tarkibiga ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlikning xoʻjalik yurituvchi subyektlari kiradilar;
ijro etuvchi apparatni mablagʻ bilan taʼminlash, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman (shahar) palatalari tomonidan boshqaruv funksiyalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni qoplash uning qatnashchilarining aʼzolik badallari, shuningdek oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Biznes-fond” va “Madad” agentligi bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining taʼsis syezdini oʻtkazsin, unda respublika palatasi kengashi va prezidiumi tarkibini tasdiqlasin;
bir hafta muddatda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin.
9. Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soliq solish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini 15 kun muddatda ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ijro etuvchi apparatini Toshkent shahar, Furqat koʻchasidagi 1-uyga joylashtirsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini telefon va teleks aloqasi, shu jumladan hukumat ATSi aloqasi bilan taʼminlasin.
12. Yuqorida qayd etilgan Farmonning 4-bandiga muvofiq:
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Davlat mulki davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda, obyektlar kimoshdi savdolarida, tanlovlar va birja savdolarida sotilganda haq toʻlashning, tushgan mablagʻlarni taqsimlash va hisobga olishning, ushbu mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning Yagona tartibi 3-ilovasiga;
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-yanvardagi 54-f-son farmoyishining 2 va 3-ilovalariga qisman oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Chjen va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1996-yil iyul oyida va yil yakuni boʻyicha koʻrib chiqilsin.