Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmatida arxiv va boshqa hujjatlarni saqlash, jamlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga
ilovaga quyidagi tahrirdagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati”;
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori U.B. Aʼlamov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.