Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni texnologiya jihatidan yangilash va zamonaviylashtirish, mahalliy xomashyodan hamda ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shu asosda zamonaviy, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga tovarlar importini maqbullashtirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish asosida amalga oshiriladigan mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 1-ilovaga
* muvofiq;
ishlayotgan ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 2-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari roʻyxatini aniqlashtirish va unga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishilgan takliflar kiritsin.
3. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida yirik va strategiya jihatidan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Vazirlar Mahkamasi komplekslari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturining bajarilishi, respublikaning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yoʻlidan borishi natijalarini har oyda tahlil qilsin va umumlashtirsin. Bunda ishlab chiqarish umumiy xarajatlarini qisqartirish, valyuta resurslarini tejash, respublika iqtisodiyoti barqarorligini taʼminlash va uning tashqi omillarga bogʻliqligini kamaytirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish kabi strategik vazifalarni hal qilishga mahalliylashtirishning taʼsirini baholashga alohida eʼtibor berilsin.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishning strategik ahamiyatini hisobga olib, Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilsin.
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha boʻlgan davrda mahalliy xomashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2000-yil 5-sentabrdagi 342-son qarorining
2-bandi, shuningdek ushbu qarorga
2,
3 va
4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.