OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ish haqi va pensiyalar eng kam miqdorining 350 soʻmgacha koʻpayganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-martdagi 65-son
qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
11-band “g” kichik bandining
3-xatboshi quyidagi oʻzgartishda bayon qilinsin:
“bir yarim yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga. Bunga nafaqa olish huquqini beruvchi oila aʼzosining jami daromadi chegarasi eng kam oylik ish haqining ikki baravar miqdorida — 700 soʻm qilib belgilansin”;
“Mazkur qarorning 12 va 13-bandlari bilan belgilangan toʻlovlar oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan jami daromad eng kam ish haqining ikki baravar miqdori — 700 soʻmdan oshmaydigan bolali oilalarga berilsin”.