Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Naslchilik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-oktabrdagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi
Nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a)
qaror nomi va matnida, Nizomning
nomi va
1-bandida davlat inspeksiyasi soʻzidan oldin “Bosh” soʻzi qoʻshilsin;
b) 9-bandning
birinchi xatboshida “Davlat inspeksiyasiga” soʻzlaridan keyin “Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
“naslchilik mahsuloti (materiallari)ga belgilangan tartibda sertifikatlar berish”.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat korxonalarining sunʼiy qochirish va qishloq xoʻjaligi mollarini koʻpaytirish boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida” 1973-yil 18-iyundagi 254-son qarori;
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini nasl urchitish va sunʼiy ravishda qochirish hamda nasldor va zoti yaxshilangan hayvonlarni xarid va realizatsiya qilish boʻyicha davlat ishlab chiqarish korxonalari nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1973-yil 25-iyuldagi 318-son qarori (OʻzSSR QT, 1973-y., 7-son, 40-modda);
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Nasldor va zoti yaxshilangan yuqori mahsuldor mollar resurslaridan toʻliqroq foydalanish toʻgʻrisida” 1982-yil 28-iyuldagi 519-son qarori;
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etish toʻgʻrisida” 1982-yil 2-iyuldagi 489-son qarori;
“KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Chorvachilikda naslchilik ishlari samaradorligini oshirish va uni tashkil etishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida 1986-yil 11-dekabrdagi 1472-son qarori” yuzasidan OʻzSSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 20-fevraldagi 71-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi.