1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-oktabr,
825-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-oktabrdagi 825-son qaroriga ILOVA
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“48. Elektron tijoratda toʻlovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
naqd pul bilan — nazorat-kassa apparatidan foydalanish orqali naqd pul mablagʻlari qabul qilingani toʻgʻrisida nazorat-kassa apparati cheki yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburan taqdim etish, shuningdek, belgilangan tartibda inkassatsiya qoidalariga rioya etgan holda, olingan pullarni xizmat koʻrsatuvchi bankka topshirishni taʼminlash;
elektron toʻlov vositalari bilan — toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob terminali yoki virtual terminal (E-POS) orqali shaxsiy va korporativ bank kartalaridan foydalanish orqali chakana toʻlov tizimida sotuvchi va xaridorga elektron toʻlov cheki yoki toʻlovni tasdiqlovchi boshqa hujjatni albatta taqdim etgan holda;
pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan oʻtkazish yoʻli bilan — pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan (shu jumladan karta hisob raqamlaridan) shaxsiy kabinet (masofaviy bank hisob raqamlaridan xizmat koʻrsatish tizimi) yoki chakana toʻlov tizimi orqali oʻtkazgan holda”.
3. Quyidagi mazmundagi 481 — 483 — bandlari bilan toʻldirilsin:
“481. Elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirayotganda xaridorga kassa chekini elektron shaklda (bundan keyin elektron chek) xaridor koʻrsatgan abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga taqdim etishni taʼminlash zarur. Elektron chek nazorat kassa apparati mashinasidan chiqarilgan qogʻoz koʻrinishidagi chekka tenglashtiriladi.
482. Yetkazib berish xizmatlariga sotuvchining nomidan tovarlar uchun toʻlovlarni qabul qilish huquqi shartnomaga asosan xaridor tovarni sotib olganligini tasdiqlovchi kassa cheki yoki boshqa hujjatni taqdim etgan holda beriladi.
483. Tovarlar milliy pochta aloqasi operatori orqali yetkazib berilgan taqdirda tovarning toʻlovi pochta pul oʻtkazmalari ustama toʻlov orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu toʻlov usulida tovarni joʻnatish ustama toʻlovli pochta joʻnatmalari orqali amalga oshirilishi kerak.
Pochta joʻnatmalari orqali yetkaziladigan va ustama toʻlov qoʻllanilgan tovar xaridor tomonidan ustama toʻlov toʻliq toʻlanib, kvitansiya taqdim etilgandan soʻng beriladi. Ustama toʻlov summalarini sotuvchi manziliga joʻnatish milliy pochta aloqasi operatori tomonidan pul mablagʻlarini pochta orqali oʻtkazishning Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 09/18/825/2052-son)