toggle_night_mode
Hujjat 16.10.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 21-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda maʼqullangan
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda) 105-moddasining birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan soʻzlar “raisni (oqsoqolni)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
beshinchi qismidagi “va ularning maslahatchilari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi “va mahallalardagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
23-modda. Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) saylash
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanadi.
Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) saylash tartibi qonunda belgilanadi”.
3-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019-yil may oyida oʻtkazilsin.
Fuqarolar yigʻinlari amaldagi raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolatlari muddati 2019-yil may oyida fuqarolar yigʻinlarining yangi raislari (oqsoqollari) saylanguniga qadar uzaytirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-oktabr,
OʻRQ-498-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son)