OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida” Qonunini kuchga kiritish haqida” 1991-yil 15-fevraldagi
qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlansin:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga;
davlat banklari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi boʻlgan mansabdor shaxslarga;
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan oʻrinbosarlariga;
davlat taʼminot va savdo-sotiq korxonalari va tashkilotlarining rahbar xodimlariga;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga;