OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining “Oʻzbekiston SSR hududida joylashgan ittifoqqa boʻysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlarini Oʻzbekiston SSRning huquqiy tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisida” 1991-yil 22-iyuldagi qaroriga muvofiq hamda “Orolboʻyi” dasturi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Aralvodstroy” ixtisoslashtirilgan birlashmasi va “Vodstroy” davlat konsernining “Aralselxozvodoprovodstroy” loyiha-qurilish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi tarkibiga oʻtkazilsin, ularning Nukus shahridagi oʻrni saqlab qolinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston shartnoma va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi, “Uzselxozsnabremont” oʻzlarining reja-iqtisodiy koʻrsatkichlariga va isteʼmol hamda moddiy-texnika resurslarini taqsimlash balanslariga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar.
3. Binokorlik materiallari sanoati vazirligi, Qurilish vazirligi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, “Uzagrostroy” respublika davlat-kooperativ qurilish birlashmasi, “Uzkolxozstroy” 1992-yilda 1991-yil hajmi darajasida “Aralvodstroy” ixtisoslashtirilgan qurilish birlashmasiga va “Aralselxozvodoprovodstroy” loyiha qurilish birlashmasiga mahalliy qurilish materiallari, buyumlar hamda konstruksiyalar yetkazib berishni taʼminlasinlar.
4. Suv xoʻjaligi va sanoat-fuqaro qurilishi, shuningdek, magistral va xoʻjaliklar ichidagi suv yoʻllari hamda ular uchun inshootlarning bosh loyihalovchisi etib “Sredazgiprovodxlopok” va “Sredazgiprotselinstroy” institutlari belgilansin.