Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, eksportga yetkazib beriladigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, tashqi bozorlarda mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-avgustdagi 609-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 819-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatining
rus tilidagi matniga quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya qoʻshilsin:
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi T.A. Jalilov zimmasiga yuklansin.