toggle_night_mode
Hujjat 25.09.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov va suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
759-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlar (taftishlar) natijalari boʻyicha aniqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summasining 10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 17-modda):
7-banddagi “Oʻzbekiston “Sifat” markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakillari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining 48-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 21-bandidagi “Oʻzdavdoninspeksiya” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
““Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga Inspeksiya bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarida paxta chigitini tortish va sertifikatlash jarayoni muntazam ravishda nazorat qilinishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.”.
5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi ““Oʻzstandart” agentligining “Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasining (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) urugʻlik laboratoriyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) vakiliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi ““Sifat” markazining paxta tozalash korxonasi huzuridagi urugʻlik laboratoriyasi mudiri” soʻzlari “Inspeksiyaning vakillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi ““Sifat” markazi” soʻzlari “Inspeksiya” soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi ““Sifat” markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi ““Sifat” markazining” soʻzlari “Markazning” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-banddagi ““Sifat” markazi” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Markazning vakili Namuna tanlash dalolatnomasini rasmiylashtiradi, uni Markaz, paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi Markazda qoladi, ikki nusxasi paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillariga beriladi”.
birinchi xatboshidagi ““Sifat” markazi”, ““Sifat” markazining” soʻzlari tegishlicha “Markaz”, “Markazning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi ““Sifat” markazining” soʻzlari “Markazning” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Oʼz DSt 597:1993”, “Oʼz DSt 599:1993”, “Oʼz DSt 600:1993”, “Oʼz DSt 601:1993” soʻzlari tegishlicha “Oʼz DSt 597”, “Oʼz DSt 599”, “Oʼz DSt 600”, “Oʼz DSt 601” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi ““Sifat” markazining” soʻzlari “Markazning” soʻzi bilan almashtirilsin;
18-banddagi ““Sifat” markaziga”, ““Sifat” markazi” soʻzlari tegishlicha “Markazga”, “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
19-bandning birinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazining” soʻzlari “Markazning” soʻzi bilan almashtirilsin;
20 va 21-bandlardagi, 28-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 31-banddagi ““Sifat” markazi” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazi mintaqaviy laboratoriyasiga” soʻzlari “Markazning hududiy laboratoriyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. O`z DSt 596 talablariga javob bermaydigan texnik paxta chigiti aniqlangan taqdirda Sinash protokoliga aniqlangan nomuvofiqlar toʻgʻrisida yozib qoʻyiladi.
Tegishli belgilar va Sinash protokolida Muvofiqlik belgisining mavjud emasligi aniqlangan hajm uchun Muvofiqlik sertifikati tatbiq etilmasligidan dalolat beradi. Markaz vakilining paxta chigitining nostandart hajmlari boʻyicha bundan keyingi harakatlari oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan Paxta texnik chigitini sertifikatlashtirish tartibi bilan belgilanadi”.
32-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazi inspektori” soʻzlari “Inspeksiya vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Paxta chigiti sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazi laboratoriyalarining mudiri” soʻzlari “Markazning paxta tozalash korxonasidagi vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” viloyat markazi inspektorlari”, ““Sifat” markaziga” soʻzlari tegishlicha “Markazning hududiy filial laboratoriyasi vakili”, “Markazga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazining inspektoriga” soʻzlari “Inspeksiya vakiliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-banddagi ““Sifat” markazi” soʻzlari “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
46-banddagi ““Sifat” markazining inspektori” soʻzlari “Inspeksiya vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-banddagi ““Sifat” markazi inspektori” soʻzlari “Inspeksiya vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-banddagi ““Sifat” markazi” soʻzlari “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
50-banddagi ““Sifat” markazi inspektori” soʻzlari “Inspeksiya vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-shakl quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-SHAKL

Paxta chigitini yetkazib berishni oʻzaro taqqoslash
‎DALOLATNOMASI ‎‎

‎‎20__yil “__” _______

‎‎Yetkazib beruvchi____________________________________________________________________________________
‎ (nomi va manzili)
‎Oluvchi___________________________________________________________________________________________
‎ (nomi va manzili)
‎Inspeksiyaning vakili ______________________________________________________________________________
‎ (nomi va manzili)

‎‎20__yil “__” ________ dan 20__yil “___” _______ gacha boʻlgan davrda paxta chigiti yetkazib berishni taqqoslab chiqdik. ‎
‎‎Taqqoslash natijasida quyidagilar aniqlandi:

Yetkazib beruvchi maʼlumotlariga koʻra‎‎‎

Oluvchi maʼlumotlariga koʻra‎‎

Farqi
‎(+ortiqcha,– kamomad) ‎‎

navi‎‎

Fizik massasi, kg‎‎

Konditsion massasi, kg ‎‎

navi‎‎

Fizik massasi, kg‎‎

Konditsion massasi, kg ‎‎

Fizik massasi, kg‎‎

Konditsion massasi, kg ‎‎

1‎‎ 2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎

7‎‎

8‎‎

‎‎
‎Yuzaga kelgan farqni tushuntirish: (chigitning navini notoʻgʻri aniqlash hisobiga, chigitning yoʻlda ushlanib qolishi hisobiga va boshqalar)

‎‎Yetkazib beruvchi imzosi: Rahbar — imzo
‎Bosh buxgalter — imzo

Oluvchi imzosi: Rahbar — imzo
‎Bosh buxgalter — imzo ‎‎‎

‎‎M.Oʻ.
‎‎

‎‎M.Oʻ.

‎‎Inspeksiya vakili — imzo

‎‎M.Oʻ.”.

6. Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-martdagi 54-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 14-15-son, 100-modda):
a) 3-banddan “Oʻzdavdoninspeksiya” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) ilovaning 6-bandi ikkinchi xatboshisidan “va “Oʻzdavdoninspeksiya”” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 35-36-son, 349-modda):
4-banddagi ““Oʻzstandart” agentligining Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi ““Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovasi 29-pozitsiyasining “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovasida:
a) 20 va 31-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 37-pozitsiya qoʻshilsin:

37.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi

Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi daromadlari summasi

20

”.

Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv isteʼmoli sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Inspeksiya vakolatlari doirasida qoʻllanilgan jarima sanksiyalari summasi

40

Inspeksiya xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasi

50

Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, oʻzi yurar mashinalar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, guvohnomalar, raqam belgilari va texnik pasportlar berish uchun undiriladigan yigʻimlar summasi

80

Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 78-pozitsiya qoʻshilsin:

78.

Paxta chigiti shroti va sheluxasi

2306 10 000 0***,

2306 49 000 0***

”.

Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 8-bandning “l” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga eksport qiluvchi mamlakatlarda karantin muddati tugagunga qadar chetdan olib kelinadigan zotdor hayvonlarning kamida uchta avlodining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi shart”;
b) 11-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼullar” ustunidagi “Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi” bloki “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” bloki bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Naslli mahsulotni (materialni) Oʻzbekiston Respublikasi va tranzit davlatlar hududiga olib kirish uchun veterinariya ruxsatnomalarini xalqaro talablarga muvofiq belgilangan tartibda rasmiylashtirish” blokidagi “belgilangan tartibda rasmiylashtirish” soʻzlaridan keyin “hamda zotdor hayvonlarning kamida uchta avlodining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatini vakolatli organga taqdim etish” soʻzlari qoʻshilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 29-dekabrdagi 369-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 52-son, 643-modda):
1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-martdagi 99-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QH, 2016-y., 14-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Don xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning 48-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “ixtiyoriy asosda” soʻzlari “majburiy tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining ““Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda):
a) 6-banddagi ““Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Paxta tolasi sifati va massasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) muvofiqlik sertifikatida (inspeksiya dalolatnomasida) koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmaganda, mazkur masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakilini jalb qilgan holda hal qilinadi. Tolaning sifati va massasi boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlanganda, bu bilan bogʻliq barcha qoʻshimcha xarajatlar Markaz hisobiga kiritiladi, yetkazib beruvchi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va xaridor oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar dalolatnomalar koʻrib chiqilganidan keyin 5 kun muddatda mazkur partiyaning haqiqatdagi sifati va massasi asosida amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshidagi ““Oʻzstandart” agentligini” soʻzlari “Markazni” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari qoʻshilsin:
“Tavsiyalarning bir nusxasi uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etilishi lozim.
Tavsiyalarni olgandan soʻng toʻqimachilik korxonasining ishlab chiqarish quvvati oʻzgargan holda, Markazga besh ish kuni ichida xabar berishi shart”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshi tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi ““Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
Birja savdolarida xaridorlarga sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish sxemasining 2-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi ““Oʻzstandart” agentligi qoshidagi boʻlimning” soʻzlari ““Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi ““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddan “oʻz ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan paxta tolasi bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Paxta tolasini sertifikatlash va toyning ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovni buyurtmachi bajaruvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida paxta tolasi hajmini (partiyasini) bajarilgan ishlar dalolatnomalari va bajaruvchi tomonidan berilgan hisob-kitob asosida muvofiqlik sertifikatini (inspeksiya dalolatnomasini) va toylar ogʻirligini tortib koʻrish dalolatnomasini berish fakti boʻyicha amalga oshiradi.
Paxta tolasini sertifikatlashtirish va paxta tolasi toylarining ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi”;
19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Paxta tolasi har bir toʻdasi namligining massaviy ulushini aniqlash uchun bajaruvchining vakili tomonidan paxta tolasini presslashdan oldin olingan namunalarni O`z DSt 634 “Paxta tolasi. Namlikning massoviy ulushini aniqlash usullari”ga koʻra bajaruvchining paxta tozalash korxonalarida joylashgan sinov laboratoriyasida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Paxta tolasi namunalarida kalta momiq va paxtani qayta ishlash aralashgan chiqitlari mavjud boʻlganda mahsulot sertifikatlanmaydi, inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtirilmaydi va bu haqda buyurtmachiga asoslangan xabarnoma beriladi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi ““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Bajaruvchi oʻzi sinab koʻrgan paxta tolasi toʻdasi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini, namlikning massa nisbati, solishtirma uzilish kuchi va uzunlik boʻyicha birxillik indeksini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda shartnomaviy majburiyatlarini zarur darajada bajarilishi uchun quyidagilar boʻyicha mulkiy javob beradi:
paxta tolasini saqlash, yetkazib berish, terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish”;
1-ilovada:
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining” soʻzlari ““Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining” soʻzlari “Hududiy laboratoriya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining vakili” soʻzlari “Hududiy laboratoriya namuna oluvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovada:
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining” soʻzlari ““Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining” soʻzlari “Hududiy laboratoriya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovada:
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining” soʻzlari ““Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining” soʻzlari “Hududiy laboratoriya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovada:
“viloyat laboratoriyasi” soʻzlari “hududiy laboratoriyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“SITC (NVI) tizimida sifat nazorati boʻlimi boshligʻi” soʻzlari “Texnologiya katta operatori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-ilovada:
“viloyat laboratoriyasi” soʻzlari “hududiy laboratoriyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“SITC (NVI) tizimida sifat nazorati boʻlimi boshligʻi” soʻzlari “Texnologiya katta operatori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-ilovada:
““Hududiy laboratoriyaning vakolatli vakili (sertifikatlash boʻyicha mutaxassis)” soʻzlari “Paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish boʻyicha mutaxassis” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovada:
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasining laboratoriyasi” soʻzlari “Hududiy laboratoriya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
““Oʻzstandart” agentligining vakolatli boʻlinmasi vakillari” soʻzlari “Hududiy laboratoriya vakillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-ilovadagi “NVI tizimida sifat nazorati boʻlimi boshligʻi” soʻzlari “Paxta tolasi sifatini tavsiflash boʻyicha mutaxassis (klasser)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va maʼmuriy huquqbuzarlik yoʻli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ilovaning “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga (bayonnomalarni tuzishga, ish qoʻzgʻashga) vakolatli organlar” ustunidagi:
a) 280, 300 va 310 kodli pozitsiyalaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashinalar va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi) organlari”, “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlari” va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlashtirish va sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari” chiqarib tashlansin;
b) quyidagi tahrirdagi 280-pozitsiya qoʻshilsin:

280.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari

”.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotadigan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qarorining 12-bandi va unga 6-ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi tarkibiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-maydagi 175-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori)” 2007-yil 27-fevraldagi 42-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 12-modda) ilovasining 6-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovasining 41-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori)” 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 50-son, 515-modda) 1-ilovasining 4-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son ““Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori)” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 110-modda) 1-ilovasining 7-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovasining 16-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining ““Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) 1-ilovasining 7-boʻlimi 9-bandi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 10-fevralda 105-son qarori 4-ilovasining 12-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori)” 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 38-modda) 1-ilovasining 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)