Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-sonli qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi tarmogʻi uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 11-avgustdagi 222-son qaroriga
1-ilova 7-pozitsiyasining “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari “Oʻzagroservis” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son
qaroriga 3-ilovada:
a) 102-pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarorining
1-ilovasidagi “8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimiga quyidagi tahrirdagi 13
1-band qoʻshilsin:
“131. “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi 373-son
qarorida:
quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
“41. “Oʻzagroservis” AJ 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda mashina-traktor parklari barcha oʻziyurar qishloq xoʻjaligi texnikasining navigatsiya va monitoring (GPS navigatsiya) tizimlari hamda hisobga olishning boshqa texnik vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son
farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga 2-roʻyxatning “5.6. Kompaniyalar” boʻlimining 5.6.18.-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5.6.18. “Oʻzagroservis” AJ bosh direktori”.