Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
“Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 31-maydagi 47, 97, 2010-21, 20/1-son “Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2114, 2010-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 208-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 5-iyundagi 75, 135, 2017-27, 11/3-son “Tijorat banklari, shu jumladan, boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2114-1, 2017-yil 16-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 511-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.